Abstract
Ingliz tilini o‘rganayotgan talabalarning grammatik bilimlari va lug‘at boyligi yetarli bo‘lsa-da, kutilmagan savollarga mustaqil javob qaytarish, suhbatni davom ettirish hamda fikrini oldindan tayyorlanmasdan ifodalashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Ushbu muammoni bartaraf etishda sun’iy intellekt asosidagi ovozli dialog texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari, ulardan foydalanish metodlari va pedagogik shartlari tahlil qilinadi. Vaziyatli-rolli muloqot, axborot bo‘shlig‘ini to‘ldirish, kutilmagan savollar, refleksiv qayta dialog hamda inson bilan mustaqil suhbat metodlarining qo‘llanish tartibi yoritiladi. Ovozli muloqot mashqlarini tashkil etish, teskari aloqa berish va egallangan ko‘nikmalarni real suhbatga ko‘chirishga qaratilgan bosqichli metodik model taklif etiladi. Spontan nutqni baholashda ravonlik, mazmuniy izchillik, leksik-grammatik moslik va muloqot tashabbuskorligini birgalikda hisobga olish zarurligi asoslanadi.References
1. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment - Companion Volume. Strasbourg, 2020. https://www.coe.int/en/web/common-european-framework-reference-languages
2. Du J., Daniel B.K. Transforming language education: A systematic review of AI-powered chatbots for English as a foreign language speaking practice. Computers and Education: Artificial Intelligence. 2024. Vol. 6. Article 100230. https://doi.org/10.1016/j.caeai.2024.100230
3. Soriano-Gonzalez L., Belda-Medina J. Chatbots for oral proficiency in English language learning: A systematic review. Telematics and Informatics Reports. 2026. Vol. 23. Article 100346. https://doi.org/10.1016/j.teler.2026.100346
4. Goh C.C.M., Aryadoust V. Developing and assessing second language listening and speaking: Does AI make it better? Annual Review of Applied Linguistics. 2025. Vol. 45. P. 179-199. https://doi.org/10.1017/S0267190525100111
5. Koç F.Ş., Savaş P. The use of artificially intelligent chatbots in English language learning: A systematic meta-synthesis study of articles published between 2010 and 2024. ReCALL. 2024 (online nashr). https://doi.org/10.1017/S0958344024000168

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
