Abstract
Maqolada lotin, fransuz va o‘zbek tillarida o‘zaro munosabat (retsiprok) ma’nosini ifodalash vositalari semantik va sintaktik derivatsiya nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi turli tipologik tizimga mansub tillarda bir xil situatsiyaning qanday grammatik shakllanishini aniqlash, shuningdek tarixiy-genetik jihatdan bog‘liq lotin va fransuz tillari hamda agglyutinativ o‘zbek tili materialida retsiprokning tipologik xususiyatlarini ochib berish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot maqsadi uchala tilda retsiprok konstruksiyalarning hosil bo‘lish yo‘llari, ularning semantik tuzilishi va sintaktik transformatsiyalarini aniqlashdan iborat. Tahlil natijalariga ko‘ra, lotin tilida retsiprok asosan leksik-olmosh vositalari (inter se, invicem, alius alium, alter alterum, mutuo) va deponent fe’llar orqali, fransuz tilida ko‘p ma’noli se olmoshi hamda l’un l’autre, mutuellement kabi aniqlovchi vositalar va entre- prefiksi orqali, o‘zbek tilida esa fe’l yasovchi -(i)sh affiksi hamda bir-biri, o‘zaro vositalari orqali ifodalanadi. Uch tilda retsiprokning sintaktik derivatsiyasi umumiy mantiqqa (valentlikni qisqartirish va ishtirokchilarni simmetrik joylashtirish) tayansa-da, grammatik rasmiylashuv darajasi bo‘yicha sezilarli farq qiladi.References
1. Grevisse M., Goosse A. Le Bon Usage. 16e éd. Bruxelles: De Boeck Supérieur, 2016.
2. Haspelmath M. Further remarks on reciprocal constructions // Nedjalkov V. P. (ed.). Reciprocal Constructions. Vol. 4. Amsterdam: John Benjamins, 2007. P. 2087- 2115.
3. Kemmer S. The Middle Voice. Amsterdam: John Benjamins, 1993.
4. König E., Gast V. Reciprocity and reflexivity: description, typology and theory // König E., Gast V. (eds.). Reciprocals and Reflexives: Theoretical and Typological Explorations. Berlin: Mouton de Gruyter, 2008. P. 1-31.
5. Kühner R., Stegmann C. Ausführliche Grammatik der lateinischen Sprache. Satzlehre. Hannover: Hahnsche Buchhandlung, 1976.
6. Nedjalkov V. P. (ed.). Reciprocal Constructions. Vols. 1-5. Amsterdam: John Benjamins, 2007.
7. Riegel M., Pellat J.-C., Rioul R. Grammaire méthodique du français. Paris: PUF, 2009.
8. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
9. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Fan va texnologiya, 2009.
10. Гак В. Г. Сравнительная типология французского и русского языков. Л.: Просвещение, 1983.
11. Борискина О. О., Картавцев В. Н. Опыт квантитативного и квалитативного исследования реципрока в Национальном корпусе русского языка // Вестник ВГУ. Серия: Лингвистика и межкультурная коммуникация. 2023. № 3. С. 138-146.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
