Abstract
Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi minnatdorchilik nutqiy etiketi an’anaviy nutqiy akt yoki alohida etiket formulasi sifatida emas, balki formulaviylik, aksiologik mazmun va lingvopoetik reaktualizatsiya o‘zaro tutashadigan dinamik kommunikativ hodisa sifatida tadqiq etiladi. Minnatdorchilikni yuzaga keltiruvchi manfaat, so‘zlovchining ushbu manfaatga bergan bahosi, adresat bilan munosabatning qayta muvozanatlashuvi hamda javob replikasi yaxlit mikrodialogik tuzilma doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda “formula → qadriyat → obraz” (FQO) modeli ishchi tahlil modeli sifatida taklif qilinib, etiket formulasining nutqiy stereotipdan milliy-madaniy qadriyatni ifodalovchi, ayrim kommunikativ sharoitlarda esa obrazli-estetik birlikka aylanish mexanizmi ochib beriladi. Ingliz tilidagi thank you, thanks, I appreciate it, I can’t thank you enough, my pleasure kabi birliklar o‘zbek tilidagi rahmat, tashakkur, katta rahmat, ming rahmat, baraka toping, yaxshiligingiz qaytsin, arzimaydi kabi tuzilmalar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada minnatdorchilikning lingvopoetik imkoniyati faqat badiiy yoki she’riy diskurs bilan cheklanmasligi, kundalik etiket muloqotida ham intensifikatsiya, metaforalashuv, giperbola, optativlik va obrazli qayta nomlash orqali namoyon bo‘lishi asoslanadi.References
1. Abidova R.X. Minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida). Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. - Urganch, 2024.
2. Aijmer K. Conversational Routines in English: Convention and Creativity. - London: Longman, 1996. - 251 p.
3. Ashurova D.U., Galieva M.R. Cultural Linguistics: Main Issues, Trends and Tasks // Uzbekistan: Language and Culture. - 2019. - No. 2. - P. 42-73.
4. Brown P., Levinson S.C. Politeness: Some Universals in Language Usage. - Cambridge: Cambridge University Press, 1987.
5. Coulmas F. “Poison to Your Soul”: Thanks and Apologies Contrastively Viewed // Coulmas F. (ed.). Conversational Routine: Explorations in Standardized Communication Situations and Prepatterned Speech. - The Hague: Mouton, 1981. - P. 69-92.
6. Eisenstein M., Bodman J. Expressing Gratitude in American English // Kasper G., Blum-Kulka S. (eds.). Interlanguage Pragmatics. - New York: Oxford University Press, 1993. - P. 64-81.
7. Jakobson R. Linguistics and Poetics // Sebeok T.A. (ed.). Style in Language. - Cambridge, MA: MIT Press, 1960. - P. 350-377.
8. Leech G.N. The Pragmatics of Politeness. - Oxford: Oxford University Press, 2014.
9. Searle J.R. A Classification of Illocutionary Acts // Language in Society. - 1976. - Vol. 5. - No. 1. - P. 1-23.
10. Wierzbicka A. English: Meaning and Culture. - New York: Oxford University Press, 2006.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.