Abstract
Bu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari G‘ayrat Murodov va Tilak Jo‘ra ijodi misolida qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilingan. Xususan, G‘ayrat Murodovning “Chizilmagan surat” hamda Tilak Jo‘raning “Mayin yog‘ib o‘tgan yomg‘ir ortidan” she’rlari asosida hayot manzaralarining poetik talqini, tabiat va inson ruhiyati o‘rtasidagi uyg‘unlik, lirik qahramonning olamni idrok etish xususiyatlari yoritilgan. Ikki ijodkorning poetik tafakkuri, obrazlar tizimi, ritmik qurilishi va tabiat hodisalariga munosabatidagi mushtarak hamda o‘ziga xos jihatlar qiyoslangan. Tahlillar asosida har ikki shoir she’riyatida hayot manzaralari oddiy tasvir doirasidan chiqib, insonning ichki kechinmalari, estetik qarashlari va hayot falsafasini ifodalovchi badiiy vositaga aylanishi asoslangan.References
1. Муродов Ғ. Дунё кемаси. - Бухоро: “Дурдона” нашриёти,
2. Тилак Жўра. Сайланма. - Тошкент: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2011.
3. Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati. - Toshkent: Akademnashr,
4. Султон И. Адабиёт назарияси. -Т.: Ўқитувчи, 1986. 408 б.
5. Расулов А. Структура ва структурализм. Тўпламда: Мустақиллик даври ўзбек адабиёти. -Т.: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2006. - 149 б.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
