Abstract
Maqolada o‘zbek tilining frazeologik va paremiologik tizimida narsa-buyum nomlari vositasida shakllangan predmet kodlarining lingvokulturologik hamda semik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida O‘zbek tili frazeologik lug‘ati hamda O‘zbek xalq maqollari to‘plamidagi qozon, qoshiq, igna, pichoq, ko‘rpa, do‘ppi, to‘n, supurgi komponentli birliklar tanlandi. Tahlilda predmet nomining lug‘aviy ma’nosi bilan turg‘un birlik tarkibida yuzaga keladigan ko‘chma va madaniy ma’no o‘rtasidagi munosabat asosiy mezon sifatida olindi. Natijalar predmet komponenti frazeologizm va maqolda oddiy nominativ vazifani bajarmasdan, xalqning turmush tarzi, mehnat tajribasi, rizq-ro‘zg‘or haqidagi tasavvuri, me’yor, tejamkorlik, sabr, o‘zaro munosabat va axloqiy baholash mezonlarini kodlashini ko‘rsatadi. Xususan, qozon komponentida rizq va ro‘zg‘or, ignada kichiklik, noziklik va mashaqqatli mehnat, pichoqda og‘riq va chidam chegarasi, ko‘rpada imkoniyat va me’yor, qoshiqda ulush va iste’mol, do‘ppi hamda to‘nda holat va moslik, supurgida esa tozalik va tartib semalari ustuvor ekanligi aniqlandi. Frazeologik va paremiologik materialning qiyosi bir predmet obrazi turli til sathlarida umumiy madaniy semani saqlagan holda turlicha pragmatik vazifa bajarishini ko‘rsatdi.References
1. Bo‘riyev I. Lingvomadaniy kodlar va ularning turlari haqida // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. - 2021. - 1(8). - B. 334-339.
2. Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. (tuzuvchilar). O‘zbek xalq maqollari. - Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2005.
3. Rahmatullayev Sh. O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari. - Toshkent, 1966.
4. Rahmatullayev Sh., Mahmudov N., Xolmanova Z., O‘razova I., Rixsiyeva K. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. - 636 b.
5. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. - Toshkent, 2019. - 247 b.
6. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati. - Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015. - 44 b.
7. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiyada madaniy kod tushunchasi va talqini // O‘zbek tili va adabiyoti. - 2019. - №3. - B. 15-18.
8. Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. - Toshkent: Fan, 2013. - 136 b.
9. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. - Москва: Языки русской культуры, 1996. - 288 с.
10. Ковшова М.Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии: коды культуры. - Москва: Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2012. - 453 с.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.