Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida dehqon obrazining badiiy- estetik tadriji va uning zamonaviy badiiy tafakkurdagi o‘rni tahlil qilinadi. Dehqon obrazi Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, Said Ahmadning “Ufq” va Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarlari misolida o‘rganilib, undagi ijtimoiy, ma’naviy- axloqiy, ruhiy va ramziy qatlamlarning o‘zaro aloqasi ochib beriladi. Tadqiqotda dehqonning faqat qishloq mehnatkashi sifatidagi tasviri bilan cheklanib qolmasdan, uning inson qadr-qimmati, tarixiy xotira, yer va milliy o‘zlik bilan bog‘liq ma’nolarni ifodalovchi badiiy obraz sifatida shakllanishiga e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, “Otamdan qolgan dalalar” romanidagi Dehqonqul obrazi orqali dehqon obrazining individual xarakterdan millat taqdirini umumlashtiruvchi ramziy obraz darajasiga ko‘tarilishi asoslanadi. Maqolada yozuvchilarning obraz yaratishdagi portret, detal, dialog, xalqona nutq, ramz, psixologik tasvir va tarixiy umumlashtirish usullaridan foydalanishi tahlil etiladi.References
1. Navoiy, Alisher. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. - Toshkent: Fan, 1997- 1999.
2. Qahhor, Abdulla. O‘g‘ri: hikoyalar. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.
3. Said Ahmad. Ufq. Trilogiya. - Toshkent: Sano-standart, 2016.
4. Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. - Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.