Abstract
Mazkur maqolada XX asr o‘zbek va ozarbayjon adabiyotining yirik namoyandalari Oybek hamda Nabi Xazri ijodidagi tabiat lirikasi qiyosiy-tipologik aspektda tahlilga tortilgan. Xususan, Oybekning “Na’matak” va Nabi Xazrining “Qoya ustida eman” she’rlari orqali mualliflar qo‘llagan markaziy obrazlar (na’matak va eman), qoya makonining poetik vazifasi hamda falsafiy-estetik g‘oyalar ochib berilgan. Tadqiqotda tabiat manzarasi shunchaki peyzaj emas, balki inson ruhiyati, bardoshlilik, vaqt oqimi va hayot davomiyligini ifodalovchi ramziy-estetik kod ekanligi ilmiy asoslab berilgan.References
1. Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. - Toshkent: Fan, 1978.
2. Xazri N. Tanlangan asarlar. - Boku: Azerneshr, 1985.
3. Karimov H. O‘zbek adabiyotida qiyosiy tahlil tamoyillari. - Toshkent: Akademnashr, 2020.
4. Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati. - Toshkent: Akademnashr, 2013.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
