Abstract
Maqolada o‘zbek va ingliz milliy kino diskursida qo‘llanilgan lingvokulturemalarning izomorfik va allomorfik xususiyatlari, shuningdek, ularning lakunarlik darajalari chog‘ishtirma-lingvomadaniy yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot materialini “Mahallada duv-duv gap”, “Suyunchi”, “Four Weddings and a Funeral” hamda “A Private Function” filmlaridan olingan 180 ga yaqin lingvokulturema tashkil etadi. Maqolaning maqsadi ikki tildagi lingvokulturemalarning konseptual, pragmatik, struktur va leksik izomorfik jihatlarini, shuningdek, nominativ-tasnifiy, madaniy-semantik, struktur va onomastik allomorfik xususiyatlarini aniqlash, ularning lakunarlik darajasini olti omil asosida tasniflashdan iborat. Tadqiqotda chog‘ishtirma-tipologik, komponent tahlili, kontekstual-pragmatik va statistik metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ikki xalq kino diskursida nikoh, oila va jamoaviylik konseptlari izomorfik tarzda mushtarak bo‘lsa- da, ularning lisoniy ifodalanish vositalari milliy o‘ziga xoslikka ega. Lakunarlik tahlili natijasida lingvokulturemalarning katta qismi (o‘zbek tilida 38, ingliz tilida 55 birlik) kuchli lakunar toifaga mansub ekanligi aniqlandi. Olingan xulosalar chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik nazariyasini boyitadi hamda audiovizual tarjima, subtitrlash va dublyaj amaliyoti uchun konkret metodologik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Tadqiqot, shuningdek, madaniyatlararo kommunikatsiya va xorijiy til o‘qitish sohalarida ham amaliy qo‘llanilishga ega.References
Vinay, J.-P., Darbelnet, J. (1995). Comparative stylistics of French and English: A methodology for translation (J. C. Sager M.-J. Hamel, Trans.). John Benjamins. (Original work published 1958) Vorobyov, V. V. (1997). Lingvokulturologiya: teoriya i metody [Linguoculturology: Theory and methods]. Rossiyskiy universitet druzhby narodov. Wierzbicka, A. (1997). Understanding cultures through their key words: English, Russian, Polish, German, and Japanese. Oxford University Press. Sorokin, Y. A., Markovina, I. Y. (1988). Kultura i tekst: Problema lakun [Culture and text: The problem of lacunae]. Institut yazykoznaniya AN SSSR. Hale, K. (1975). Gaps in grammar and culture. In M. D. Kinkade, K. Hale, O. Werner (Eds.), Linguistics and anthropology: In honor of C. F. Voegelin (pp. 295-315). Peter de Ridder Press. Anokhina, T. (2010). Lacunarity as a linguistic and cognitive phenomenon. Journal of Language and Linguistic Studies, 6(2), 1-15. Ertelt-Vieth, A., Panasyuk, I. (2012). Culture-specific concepts and lacunae in intercultural communication. Peter Lang. To‘xtaxodjayeva, N. (2017). Badiiy tarjimada lingvokulturemalarning ifodalanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida) [Doctoral dissertation abstract]. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. Fayzulloyev, O. (2019). O‘zbek folklaridagi lingvokulturemalarning inglizcha tarjimada berilishi (bolalar folklari va ertaklar misolida) [Doctoral dissertation abstract]. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. Mirzayeva, G. (2020). O‘zbek va ingliz badiiy matnlaridagi lingvokulturemalarning semantik tadqiqi hamda tarjima muammolari [Doctoral dissertation abstract]. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Nazmutdinova, S. S. (2018). Garmoniya kak perevodcheskaya kategoriya (na materiale russkogo, angliyskogo, frantsuzskogo kinodiskursa) [Harmony as a translation category (based on Russian, English, and French film discourse)] [Doctoral dissertation abstract]. Tashkent State University. Abbosov, Sh. (Director). (1988). Mahallada duv-duv gap [Film]. O‘zbekfilm. Newell, M. (Director). (1994). Four weddings and a funeral [Film]. Working Title Films.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.