Abstract
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida tilning milliy xususiyatlarini saqlash, olamning umumiy va milliy lisoniy tasviri hamda ularning shakllanishida til vositalarining o‘rni tadqiq etiladi. Olamning lisoniy tasviri insonning borliqni anglash va uni tilda ifodalash jarayoni bilan bog‘liq holda tahlil qilinib, umumiy va milliy lisoniy tasvirning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek va rus tillaridagi obrazli so‘zlar, xususan, taqlidiy birliklarning lingvistik va lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy aspektda ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilida holat, harakat va tovushni ifodalovchi taqlidiy hamda tasviriy birliklarning xilma-xilligi rus tilidagi muqobillari bilan solishtirilib, ular o‘rtasidagi leksik-semantik va morfologik assimetriya aniqlanadi. Tadqiqotda taqlidiy so‘zlarning milliy lisoniy tasvirni shakllantirishdagi ahamiyati, ularning inson ongidagi vizual va tovushiy tasavvurlarni tilda voqelantirish imkoniyatlari hamda badiiy tarjimada yuzaga keladigan muammolar ochib beriladi. Shuningdek, funksional-semantik va leksik-semantik maydon yondashuvlarining til birliklarini qiyosiy o‘rganish va badiiy tarjima sifatini oshirishdagi ahamiyati asoslanadi.References
1. Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. - Тошкент: Фан, 1983.
2. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. - Тошкент: Университет, 2000.
3. Ҳожиев А. Ўзбек тилида сўз ясалиши. - Тошкент: Ўқитувчи, 1989.
4. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. - Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2002.
5. Шанский Н.М., Тихонов А.Н. Современный русский язык: в 3 ч. - М.: Просвещение, 1981.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.