ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA ORIFONA MAZMUNNI BELGILASH MEZONLARI (“XAZOYIN UL-MAONIY” ASOSIDA)
PDF

Keywords

Alisher Navoiy
“Xazoyin ul-maoniy”
orifona g‘azal
tasavvuf
irfoniy mazmun
Haq
ishq
nafs
fano
faqr
suluk
ma’rifat
vasl
semantik dominant

How to Cite

ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA ORIFONA MAZMUNNI BELGILASH MEZONLARI (“XAZOYIN UL-MAONIY” ASOSIDA). (2026). WORLD OF PHILOLOGY, 5(9), 172-177. https://journals-kokandsu.uz/index.php/philo/article/view/6571

Abstract

Maqolada Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallarda orifona mazmunni aniqlash masalasi tadqiq etiladi. G‘azal tarkibida tasavvufiy istiloh va ramzlarning uchrashi uning orifona mohiyatini belgilash uchun yetarli emasligi, bunda matnning umumiy mazmuniy yo‘nalishi muhim ekani asoslanadi. “Xazoyin ul-maoniy”ning to‘rt devonidan tanlangan g‘azallar tahlili orqali Haqqa yo‘nalish, ishqning irfoniy mohiyati, o‘zlik va nafsdan kechish, fano va faqr, suluk, ma’rifat, vasl va qurb bilan bog‘liq tushunchalarning g‘azal tarkibidagi vazifasi ochib beriladi. Tahlillar ushbu belgilar orifona g‘azalda alohida holda emas, balki o‘zaro mazmuniy aloqaga kirishib, lirik subyektning ruhiy harakatini shakllantirishini ko‘rsatadi. Shu asosda orifona mazmunni belgilashda tasavvufiy birliklarning miqdori emas, ularning matndagi funksiyasi, o‘zaro bog‘lanishi va Haq sari yo‘nalgan yaxlit irfoniy mazmunni yuzaga keltirishi asosiy mezon sifatida belgilanadi.
PDF

References

1. Nosirov O., Jamolov S., Ziyoviddinov M. O‘zbek klassik she’riyati janrlari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1979. - B. 90-91.

2. Haqqul I. Navoiyga qaytish. - Toshkent: Fan, 2007. - B. 18. 3 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 6-tom: Xazoyin ul- maoniy. Favoyid ul-kibar. - Toshkent: Fan, 1990. 4. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 4-tom: Xazoyin ul- maoniy. Navodir ush-shabob. - Toshkent: Fan, 1989. 5.. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 3-tom: Xazoyin ul- maoniy. G‘aroyib us-sig‘ar. - Toshkent: Fan, 1988. 6. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 5-tom: Xazoyin ul- maoniy. Badoye’ ul-vasat. - Toshkent: Fan, 1990.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.