Abstract
Ushbu maqolada bolalar nutqida milliy-madaniy qadriyatlarning pragmatik ifodalanishi masalasi tadqiq etiladi. Bolalar nutqi milliy tafakkur, urf-odat, an’ana, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy-madaniy qarashlarning o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakli sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalar tomonidan qo‘llanadigan murojaat shakllari, qarindoshlik nomlari, hurmat va ehtiromni bildiruvchi birliklar, maqol va iboralar, milliy urf-odat hamda an’analarni ifodalovchi leksik va frazeologik vositalarning pragmatik xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mazkur birliklarning kommunikativ vaziyat, nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat, yosh va tarbiya omillari bilan bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari bolalar nutqini pragmalingvistik va lingvokulturologik jihatdan o‘rganishda milliy- madaniy omilning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.References
1. Hakimov М. Pragmatikaning semosologik asoslari // O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2020.
2. Hakimov М.X. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filologiya fanlari doktori… dis. Avtorefarati: 10.02.02. - Toshkent,
3. Hakimov М.X. O‘zbek ilmiy matnning sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: ilologiya fanlari doktori… dis. Avtorefarati: 10.02.02. - Toshkent 1993.
4. Boymirzayeva S.U. Oybek prozasining lingvostilistik tadqiqi: Filologiya fanlar nomzodi dis. …avtorefarat: 10.02.02. - Toshkent, 2004.
5.Burhov Z. O‘zbek tilida ko‘makchilar va ularga vazifadosh kelishiklar pragmatikasi ( presuppozitsion aspekt): nomz diss. avrorefarat - Toshkent, 2008.
6. Pardayev A. O‘zbek tili yordamchi so‘z turkumlarining lisoniy tizimdagi o‘rni va lingvopragmatik tahlili. - Toshkent: Fan, 2013.
7. Qozoqova N. Badiiy matn pragmatikasi ( G‘afur Gulom nasriy asrlari misolida) / mas’ul muharrir: H.Usmonova. - Namangan, 2022.
8.Levinson, S. C. Pragmatics. - Cambridge: Cambridge University Press, 1983.
9. G‘oziyeva M. Prosodika. -Toshkent: Akademnashr, 2018.
10. Rahimova Т. Tabiatim jonu dilim. - Namangan: “Fazilatorgtexservis”, 2025.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
