Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslikning muhim kategoriyalaridan biri bo‘lgan “konseptosfera” tushunchasining nazariy va lingvistik mohiyati tadqiq etiladi. Konseptosfera insonning individual va kollektiv tafakkurida shakllangan konseptlar majmui, ularning o‘zaro semantik-kognitiv munosabatlari hamda muayyan madaniyatga xos bilim va qadriyatlarni aks ettiruvchi murakkab mental tizim sifatida talqin qilinadi. Maqolada “konsept”, “konseptosfera”, “semantik maydon”, “leksik-semantik maydon”, “lingvomadaniy makon” kabi tushunchalarning o‘zaro munosabati va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, konseptosferaning yadro, yaqin va uzoq periferiya kabi tarkibiy qatlamlari, uning nominativ va verbalizatsion xususiyatlari hamda til va tafakkur o‘rtasidagi munosabatni ifodalashdagi roli yoritiladi. Konseptosferaning milliy-madaniy xususiyatlari ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari asosida tadqiq etilishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi. Maqolada konseptosferani tadqiq etish uchun konseptual, kognitiv-semantik, lingvomadaniy, freym, metaforik va qiyosiy metodlardan kompleks foydalanish zarurligi asoslanadi.References
1. Lakoff, G., Johnson, M. Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press, 1980.
2. Langacker, R. W. Foundations of Cognitive Grammar. Stanford: Stanford University Press, 1987-1991.
3. Fillmore, C. J. Frame Semantics. In: Linguistics in the Morning Calm. Seoul: Hanshin, 1982.
4. Lakoff, G. Women, Fire, and Dangerous Things: What Categories Reveal about the Mind. Chicago: University of Chicago Press, 1987.
5. Wierzbicka, A. Understanding Cultures through Their Key Words. Oxford: Oxford University Press, 1997.
6. Likhachev, D. S. Концептосфера русского языка // Известия АН СССР. Серия литературы и языка. 1993. Т. 52. № 1. С. 3-9.
7. Stepanov, Y. S. Konstanty: Slovar russkoy kultury. Moskva: Akademicheskiy proyekt.
8. Karasik, V. I. Yazykovye klyuchi russkoy kultury. Moskva: Gnosis, 2009.
9. Kubryakova, E. S. va boshqalar. Kratkiy slovar kognitivnykh terminov. Moskva: Filologicheskiy fakultet MGU, 1996.
10. Maslova, V. A. Lingvokulturologiya. Moskva: Akademiya, 2001.
11. Demyankov, V. Z. Kognitivnaya lingvistika // Kratkiy slovar kognitivnykh terminov. Moskva, 1996.
12. Croft, W., Cruse, D. A. Cognitive Linguistics. Cambridge: Cambridge University Press, 2004.
13. Evans, V., Bergen, B., Zinken, J. (eds.). The Cognitive Linguistics Reader. London: Equinox, 2007.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.