Abstract
Maqolada zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasida kelin va qaynona munosabatlarining poetik talqini Erkin Xushvaqtovning “Chimildiq” hamda Nurillo Abbosxonning “Bog‘” va “O‘zbekcha raqs” asarlari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda xarakter, konflikt, marosim, badiiy detal, metafora, dialog va sahnaviy harakatning obrazlar munosabatini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Asarlardagi qabul qilish, moslashuv, avlodiy tajriba va oilaviy qadriyatlarning badiiy ifodasi qiyosiy o‘rganiladi. Tahlil natijasida kelin-qaynona munosabati maishiy ziddiyat doirasidan chiqib, personajlar xarakteri, oilaviy-madaniy xotira va avlodlararo tajriba almashinuvini ifodalovchi muhim dramaturgik omil ekani asoslanadi.References
1. Abbosxon, N. (n.d.). Bog‘: Komediya. Muallif matni.
2. Abbosxon, N. (2006-2007). O‘zbekcha raqs: Tragikomediya. Muallif matni.
3. Nosirov, D. T. (2023). O‘zbek adabiyotida dramaturgiya. Oriental Art and Culture, 4(3), 105-109.
4. Olimjonova, Z. O. (2010). O‘zbek teatr dramaturgiyasining janriy xususiyatlari (Shukrullo dramaturgiyasi va ularning sahnaviy talqinlari misolida) [Magistrlik dissertatsiyasi]. Toshkent.
5. Sulton, I. (2005). Adabiyot nazariyasi (3-nashr, qayta ishlangan va to‘ldirilgan; N. Karimov, mas’ul muh.). O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
6. Xushvaqtov, E. (2013). Chimildiq. M. Ali, S. Sayyid va boshq. (Tahrir hay’ati), Ozod Vatan saodati: Besh jildli. 3-jild. Dramaturgiya (500-530-b.). ADIB.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.