Abstract
Badiiy matn - inson tafakkuri va dunyoqarashi mohiyatining yorqin ifodasidir. U faqatgina estetik maqsadlar uchun emas, balki muayyan g‘oya, ma’no, ruhiy kechinmalar, ijtimoiy va madaniy holatlarni ifodalash hamda ularni o‘quvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi. Shu sababli badiiy matnda nutq elementlarining lisoniy va noinsoniy vositalardan foydalanilishi, matnning semantik tarkibi, stilistik bo‘yoqlari va eng muhimi, uning funksional-pragmatik jihatlari har doim ilmiy tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘lib keladi. Badiiy matnlar tahlilida zamonaviy lingvistikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida pragmatika, ya’ni nutqning erishmoqchi bo‘lgan natijasini, maqsadga yo‘naltiruvchi vositalarni va ularga ta’sir qiluvchi lisoniy faktorlarni chuqurlik bilan o‘rganish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lmoqda.References
1. Ashurova D.U. Badiiy matn sinergetikasi // O‘zbekistonda xorijiy tillar. - 2024. - 10-jild. - № 1 (54). - B. 39-59.
2. Yo‘ldasheva X. Badiiy matnning sotsiopragmatik tadqiqi. Filol. fan. d-ri (DSc)… diss. -Qarshi, 2023. - 227 b.
3. Mahmudov N. Til tilsimi tadqiqi. - Toshkent: Mumtoz so‘z. 2017. - 176 b.
4. Safarov Sh. Pragmalingvistika. ‒ Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2008. - 318 b.
5. Usmanova Sh., Bekmuxamedova N., Iskandarova G. Sotsiolingvistika. - Toshkent: Universitet, 2014. - 84 b.
6. Umurzoqova M. Lisoniy shaxs tushunchasining sotsiopragmatik aspektda o‘rganilishi / O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2023. 1/11. - B.285-287.
7. Xolmurodova M. Erkin Azam kinoqissalari tilining sotsiopragmatik aspekti. Filol. fan. b. fals. dok. (PhD) … diss. avtoreferat. - Andijon, 2021. - 51 b.
8. Xudoyberganova D.S. O‘zbek tilidagi badiiy matnlarning antropotsentrik talqini. Filol. fan. d-ri... diss. avtoreferat. - Toshkent, 2015. - 240 b.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.