Abstract
Maqolada oʻzbek ogʻzaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janrlaridan biri - oʻlan janrining kelib chiqishi va tarixiy evolyutsiyasi tadqiq etiladi. Oʻlanlarning qadimgi qabila tuzilishidagi dual (ekzogam) nikoh marosimlarining verbal komponenti sifatida yuzaga kelganligi va keyinchalik marosim folklori tizimida rivojlanganligi asoslab beriladi. Janrning nikoh toʻyi bilan chambarchas bogʻliqligi, yigit-qiz guruhlari oʻrtasidagi “harpdoshlik” shaklidagi dialogik ijrosi, asosan oʻn bir boʻgʻinli xalq sheʼri vaznida shakllangan toʻrtlik tuzilishi hamda ayrim matnlarda saqlanib qolgan arxaik struktura qoldiqlari alohida eʼtibor markazida. Ishda janrning funksional va ijro tabiatidagi oʻzgarishlari - Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida, “Alpomish” dostoni kabi yodgorliklarda qayd etilganidek, 1980- yillargacha toʻy marosimining ajralmas qismi boʻlib kelganidan XX asr oxiri - XXI asr boshlarida rituallik kontekstdan ajralib, sayl-tomoshalar, konsertlar va ommaviy madaniy tadbirlarda mustaqil ijro etiladigan janrga aylangani - izchil kuzatiladi. Turkiy xalqlarning shunga oʻxshash qisqa dialogik shakllari (ozarbayjon chinosi va b.) bilan qiyosiy maʼlumotlar umumiy arxaik qatlam hamda oʻzbek oʻlanlarining oʻziga xos xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi.References
1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Muxtasar. Nashrga tayyorlovchi: S.Hasanov. Toshkent, 1971. 172-bet.
2. O‘zR FА O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivi. Inv.№1. 174-bet.
3. 1967 yil 25 martda ohangaronlik To‘ychi Yusupofdan folklorshunos M.Аlaviya yozib olgan.
4. Аlaviya M. O‘zbek folklorida o‘lan janri // O‘zbek folklorshunosligi masalalari. Toshkent, 2010. 66-bet.
5. Аlaviya M. Oq olma, qizil olma. O‘zbek xalq qo‘shiqlari. Toshkent, 1972 171-bet.
6. Irag - Kerkek bayatilari. Baki, 1984. 47-bet.
7. Khabitovna I. S. Historical Occurrence And It’s Effect On «Ulan» Genre Perormers’ Repertoire And Uzbek-Kazakh Folklore Connections //ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies. - 2018. - Т. 7. - №. 1. - С. 65-70.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.