Abstract
Mazkur maqolada “Bilim zinapoyasi” mavzusidagi badiiy kompozitsiyada kitob obrazining ramziy-falsafiy mazmuni, uning inson ma’naviyati, intellektual rivojlanishi va kamolotga intilishi bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. Kitob va zinapoya obrazlarining o‘zaro semantik munosabati, ularning badiiy yaxlitlikni shakllantirishdagi o‘rni hamda kompozitsion yechimni belgilovchi asosiy tamoyillar yoritiladi. Shuningdek, shakl va mazmun birligi, ritm, dinamika, vizual muvozanat, fazoviylik, yorug‘lik va soya munosabatlarining badiiy ifodadagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada mavzuning amaliy san’at bilan bog‘liq jihatlariga alohida e’tibor qaratilib, loy materialida hajmli kompozitsiya yaratish jarayonida plastika, faktura, kontrast va stilizatsiyadan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari “Bilim zinapoyasi” g‘oyasini ramziy mazmun va plastik ifoda uyg‘unligi asosida talqin etish, shuningdek, mavzuga oid amaliy ijodiy izlanishlarni nazariy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.References
1. Arnheim R. Art and Visual Perception: A Psychology of the Creative Eye. - Berkeley: University of California Press, 1974. - 508 p.
2. Gombrich E. H. Art and Illusion: A Study in the Psychology of Pictorial Representation. - Princeton: Princeton University Press, 1960.
3. Kandinsky W. Concerning the Spiritual in Art. - New York: Dover Publications, 1977.
4. Lotman Yu. M. The Structure of the Artistic Text. - Ann Arbor: University of Michigan, 1977.
5. Itten J. The Art of Color: The Subjective Experience and Objective Rationale of Color. - New York: Wiley, 1973.
6. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.
7. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. I jild. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. - 240 b.
8. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
9. Jung C. G. Man and His Symbols. - London: Aldus Books, 1964.
10. Fischer E. The Necessity of Art. - London: Penguin Books, 1963.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.