RISHTON KULOLCHILIK SAN’ATIDA AN’ANA VA BADIIY YANGILANISH TAMOYILLARI
PDF

Keywords

Rishton kulolchiligi
kulolchilik maktabi
badiiy an’ana
badiiy yangilanish
ishqorli sir
naqsh
rang
usta-shogird
zamonaviy kulolchilik

How to Cite

RISHTON KULOLCHILIK SAN’ATIDA AN’ANA VA BADIIY YANGILANISH TAMOYILLARI. (2026). ORIENTAL ART AND CULTURE, 7(10), 57-65. https://journals-kokandsu.uz/index.php/oriental/article/view/7957

Abstract

Maqolada Rishton kulolchilik maktabining XX asrdagi institutsional o‘zgarishlardan zamonaviy bosqichgacha bo‘lgan rivojida an’anaviy badiiy tamoyillarning saqlanishi va yangilanishi san’atshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kulolchilik buyumlarining shakli, naqsh tizimi, rang yechimi, sirlash texnologiyasi, kompozitsion tuzilishi hamda usta-shogird an’anasining davomiyligi asosiy tahlil mezonlari sifatida olinadi. Sovet davrida artel va sanoat ishlab chiqarishi ta’sirida yuz bergan tashkiliy o‘zgarishlar tarixiy zamin sifatida ko‘rib chiqilib, keyingi bosqichda xususiy ustaxonalarning rivojlanishi, an’anaviy texnologiyalarning qayta tiklanishi va zamonaviy badiiy izlanishlarning kuchayishi yoritiladi. Alisher va Baxtiyor Nazirov, Shokirjon Ahmadjonov kabi ustalar faoliyati misolida Rishton maktabiga xos shakl, naqsh va rang tamoyillarining individual ijodiy yechimlar bilan boyitilishi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida Rishton kulolchiligida badiiy yangilanish tarixiy an’anani inkor etish orqali emas, balki uning asosiy texnologik va tasviriy xususiyatlarini zamonaviy ehtiyojlar asosida qayta talqin qilish orqali kechayotgani aniqlanadi. Shuningdek, turizm, bozor talabi, ko‘rgazma faoliyati va yangi madaniy infratuzilmaning kulolchilik buyumlarining funksiyasi hamda badiiy qiyofasiga ta’siri ochib beriladi.
PDF

References

1. Alieva, S. Sh. O‘zbekiston amaliy-bezak san’atida naqshning tadrijiy rivoji (kulolchilik san’ati misolida). Toshkent. - 2005.

2. Bulatov, S. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati. Toshkent: Mehnat. 1991.

3. Hakimov A.A. Iskusstvo Uzbekistana: istoriya i sovremennost. - Toshkent, 2010. - 502 s.

4. Hakimov A.A. Prikladnoye iskusstvo Uzbekistana: traditsii i innovatsii. - Toshkent, 2013. - 192s

5. Hakimov A.A. Golubaya keramika Fergany: Rishtanskiy master Sharafiddin Yusupov. - Moskva: Galart, 2015. - 120 s.

6. Hakimov A.A. O‘zbekiston san’ati tarixi: Qadimgi davrlar, o‘rta asrlar, hozirgi zamon. - Toshkent: Zilol buloq, 2022. - 528 b.

7. Hakimov A.A. O‘zbekiston hunarmandchiligi. - Toshkent: Ochun, 2023. - 448 b.

8. Kikuta, H.. A master is greater than a father: Rearrangements of traditions among Muslim artisans in Soviet and Post-Soviet Uzbekistan. Economic Development, Integration, and Morality in Asia and the Americas, 2009. 29, 89-122. DOI: 10.1108/S0190-1281(2009)0000029006

9. Kodzaeva, L. Keramika Rishtana: Traditsii i mastera. Tashkent. 1998.

10. Peshchereva, E. M. Goncharnoe proizvodstvo Sredney Azii. Moscow: Academy of Sciences of the USSR. 1959.

11. Rahimov, M. K. Xudozhestvennaya keramika Uzbekistana. Toshkent. 1961.

12. Razina, T., Cherkasova, N., Kantsedikas, A. Folk Art in the Soviet Union. Leningrad: Aurora Art Publishers. 1989.

13. Tonza, F. The pottery of Gijduvon and Rishton. Dumlupınar Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi. 2019.

14. Mo‘ydinova, D. M. Farg‘ona vodiysi an’anaviy kulolchiliging o‘ziga xosligi va mahalliy markazlari. PhD dissertatsiyasi. - Namangan, 2025.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.