Abstract
Mazkur maqolada Yevropa tasviriy san’ati tarixida muhim o‘rin tutgan Renessans va Barokko davrlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, badiiy- estetik tamoyillari hamda rangtasvir va haykaltaroshlik sohalidagi o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Renessans san’atida inson shaxsi, uning aqliy imkoniyatlari, jismoniy go‘zalligi va tabiat qonuniyatlarini anglashga intilish asosiy badiiy mezon sifatida namoyon bo‘lgani yoritiladi. Barokko san’atida esa dramatik ifoda, kuchli hissiy ta’sir, harakat, yorug‘lik va soya qarama-qarshiligi hamda murakkab kompozitsion yechimlarning ahamiyati ochib beriladi. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael Santi, Donatello, Karavadjo, Jan Lorenzo Bernini, Peter Paul Rubens va Rembrandt kabi ijodkorlarning asarlari misolida mazkur davrlarning badiiy tafakkuri tahlil qilinadi. Shuningdek, Renessans va Barokko san’atining o‘zaro bog‘liqligi, ular o‘rtasidagi farqlar hamda keyingi Yevropa san’ati taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri qiyosiy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada ushbu davrlar merosining zamonaviy badiiy ta’lim, rangtasvir va haykaltaroshlik amaliyotidagi ahamiyatiga ham e’tibor qaratiladi.References
1. Gombrich, E. H. The Story of Art. 16th ed. London: Phaidon Press, 1995. -688 p.
2. Honour, H., Fleming, J. A World History of Art. 7th ed. London: Laurence King Publishing, 2009.
3. Hartt, F., Wilkins, D. G. History of Italian Renaissance Art: Painting, Sculpture, Architecture. 7th ed. Upper Saddle River, NJ: Prentice Hall, 2011. -736 p.
4. Janson, H. W., Janson, A. F. History of Art. 6th ed. New York: Harry N. Abrams, 2001. -997 p.
5. Vasari, G. The Lives of the Artists. Translated by Julia Conaway Bondanella and Peter Bondanella. Oxford: Oxford University Press, 1998. -624 p.
6. Wittkower, R. Art and Architecture in Italy, 1600-1750. 6th ed. New Haven: Yale University Press, 1999. -3 vols.
7. Bozorov, A. B. “Kompozitsiyani uyg‘unlashtiruvchi vositalar. Ritm va metrning kompozitsiyada qo‘llanishi va ularning ahamiyati.” Oriental Art and Culture, vol. 6, no. 4, 2025, pp. 147-151. https://journals- kokandsu.uz/index.php/oriental/article/view/5998.
8. Bozorov, A. B. “Kompozitsiya turlari, hajmiy kompozitsiyalarning xususiyati hamda tahlili.” Oriental Art and Culture, vol. 6, no. 5, 2025, pp. 54-59. https://journals- kokandsu.uz/index.php/oriental/article/view/5899.
9. National Gallery of Art. Italian Renaissance Art. Rasmiy veb-sayt: https://www.nga.gov/
10. The Metropolitan Museum of Art. Heilbrunn Timeline of Art History. Rasmiy veb-sayt: https://www.metmuseum.org/toah/
11. Victoria and Albert Museum. Renaissance and Baroque Art and Design. Rasmiy veb-sayt: https://www.vam.ac.uk/
12. Rijksmuseum. Collection and Art History Resources. Rasmiy veb-sayt: https://www.rijksmuseum.nl/

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.