Abstract
Mazkur maqolada tasviriy san’atning insoniyat madaniyati va san’atshunoslik tizimidagi o‘rni, uning mazmun-mohiyati, asosiy turlari va janrlari, badiiy ifoda vositalari hamda tarixiy taraqqiyot jarayoni yoritiladi. Tasviriy san’at insonning borliqni ko‘rish, kuzatish, anglash va uni badiiy obrazga aylantirish ehtiyoji asosida shakllangan san’at turi sifatida qaraladi. Maqolada rangtasvir, grafika, gravyura, haykaltaroshlik, monumental san’at, foto san’ati, shuningdek, zamonaviy kino, animatsiya va media san’ati kabi yo‘nalishlarning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Tasviriy san’atni tasniflash masalasi san’at morfologiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilib, badiiy obrazning tekislik va hajmda ifodalanishi, makon va vaqt bilan munosabati hamda tasviriy vositalarning mazmun yaratishdagi imkoniyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tarixiy, batal, maishiy, natyurmort, animalistik, manzara va portret kabi an’anaviy janrlarning shakllanishi va mazmuniy xususiyatlari ochib beriladi. Tasviriy san’atning yuqori paleolit davridan boshlangan taraqqiyoti qadimgi sivilizatsiyalar, o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri, yangi va zamonaviy davrlar misolida izchil tahlil qilinadi. Zamonaviy bosqichda raqamli texnologiyalar va media vositalarining san’atga kirib kelishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi imkoniyatlar ham ko‘rib chiqiladi.References
1. Каган М. С. Морфология искусства: историко-теоретическое исследование внутреннего строения мира искусств. - Ленинград: Искусство, 1972. - 440 с.
2. Муратов А. М. Изобразительные искусства // Большая российская энциклопедия. - Т. 11. - Москва, 2008. - С. 20.
3. Изобразительные искусства // Популярная художественная энциклопедия: Архитектура. Живопись. Скульптура. Графика. Декоративное искусство / гл. ред. В. М. Полевой; редкол.: В. Ф. Маркузон, Д. В. Сарабьянов, В. Д. Синюков. - Москва: Советская энциклопедия, 1986. - Т. 1 (А-М). - С. 257.
4. Жегин Л. Ф. Язык живописного произведения (Условность древнего искусства). - Москва: Искусство, 1970.
5. Успенский Б. А. К исследованию языка древней живописи // Жегин Л. Ф. Язык живописного произведения (Условность древнего искусства). - Москва: Искусство, 1970. - С. 4-34.
6. Раппопорт С. Х. Неизобразительные формы в декоративном искусстве. - Москва: Советский художник, 1968.
7. Власов В. Г. Архитектура как изобразительное искусство. Теория открытой формы, принцип партиципации и синоптический подход в искусствознании // Архитектон: известия вузов. - 2018. - № 1 (61). - С. 5-28.
8. Успенский Б. А. Семиотика искусства. - Москва: Школа «Языки русской культуры», 1995.
9. Фасмер М. Этимологический словарь русского языка: в 4 т. - Москва: Прогресс, 1987. - Т. 3. - С. 106.
10. Ulger K. The Creative Training in the Fine Arts Education // Thinking Skills and Creativity. - 2016. - Vol. 19. - P. 73-87. - DOI: 10.1016/j.tsc.2015.10.007.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.