Abstract
Maqolada zamonaviy o‘zbek teatrida ayol obrazining sahnaviy talqini masalalari tarixiy - nazariy, estetik va dramaturgik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. XX asr boshidagi milliy sahna tajribasidan to hozirgi davrgacha bo‘lgan bosqichlarda ayol obrazining evolyutsiyasi, aktyorlik maktablari va rejissorlik qarashlari uyg‘unligida yoritiladi. Saida Rametova (“Qumdagi ayol”) va Malika Ibrohimova (“Daraxtlar tik turib jon beradi”, “Jamila”) ijodi misolida obrazning psixologik, ijtimoiy va estetik talqinlari ochiladi. Maqola O.Rizayev, B.Nurmanova, M. Umarov va M.To‘laxodjayeva kabi o‘zbek san’atshunoslari qarashlari hamda Stanislavskiy, Brext, Brook konsepsiyalari bilan qiyosiy yondashuv asosida yozildi.References
1. Rizayev, O. O‘zbek teatr san’ati tarixi. - Toshkent: Fan, 1985.
2. Umarov, M. O‘zbek sahna san’ati metodologiyasi. - Toshkent: Akademnashr, 2012.
3. To‘laxodjayeva, M. Zamonaviy teatr izlanishlari. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.
4. Stanislavskiy, K. Aktyorning o‘z ustida ishlashi. - Moskva: Iskusstvo, 1954.
5. Brecht, B. Aktyor haqida paradoks. - Berlin: Aufbau-Verlag, 1961.
6. Brook, P. The Empty Space. - London: Penguin Books, 1968.
7. Abe, K. The Woman in the Dunes. - Tokio: Kodansha, 1962.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.