Abstract
Mazkur maqola O‘zbekiston va umuman turkiy xalqlar og‘zaki an’analariga asoslangan bastakorlik va xofizlik san’atining yorqin namoyandasi - Otajon Xudoyshukurovning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda san’atkorning “lazgi” janrini boyitishdagi hissasi, kuy va ashula uslubiga kiritgan innovatsion o‘zgarishlari, bastakor-xofiz sifatidagi betakror fenomeni yoritilgan. Shuningdek, maqolada Otajon Xudoyshukurovning lirik tenor ovozi, tor sozini o‘z ovoz tembriga moslab sozlash uslubi, ustoz-shogird an’analaridagi o‘rni va hayotining so‘nggi yillarida ham san’atga bo‘lgan sadoqatiga alohida urg‘u berilgan. Maqola yakunida xofiz xotirasining abadiylashtirilishi, uning nomi bilan ataluvchi madaniyat maskanlari, haykali hamda tashkil etilgan xalqaro jamg‘arma haqida ma’lumotlar beriladi. Ushbu tadqiqot Otajon Xudoyshukurov siymosini nafaqat ijodkor, balki madaniy merosni davom ettiruvchi va boyituvchi “xofiz-bastakor” sifatida tahlil qiladi.References
1. Xudaybergenov S. Otajonning otashin qo‘shiqlari. - Toshkent: Musiqa nashriyoti, 2004.
2. Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda. Xorazm musiqiy tarixchasi. - Toshkent: Yozuvchi nashriyoti, 1998.
3. Matyoqubova G., Eshjonova Sh. Lazgi. - Urganch: Quvonchbek Mashxura, 2017.
4. Begmatov S. Bastakorlik ijodi. - Toshkent: Niso Poligraf, 2017.
5. Ro‘zimuhammad B., Nur R., Qobulov B. O‘zbek elim Komiljondan ayrilmas. - Toshkent: Istiqlol nuri, 2014.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.