Abstract
Maqolada Qoraqalpoq xalqining etnomadaniy merosi tarkibida muhim o‘rin tutadigan an’anaviy o‘yinlar turlari va turkumlarini ilmiy tasniflash masalasi yoritiladi. Dastlab “tasnif” tushunchasining mazmuni izohlanib, rus va o‘zbek folklorshunosligi hamda madaniyatshunosligida taklif etilgan xalq o‘yinlarini guruhlarga ajratish tajribalari tahlil qilinadi. Shu asosda Qoraqalpoq an’anaviy o‘yinlarini shakllanish omillari, yil fasllari, kasb-kor, turmush tarzi, jins va yosh xususiyatlari bilan bog‘liq mezonlarga tayangan holda yangi tasnif taklif etiladi. Ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, baliqchilik, mavsumiy, harakatli, taqlidiy, gap-gashtak, chavandozlik va qiz bolalarga xos o‘yinlar alohida turkum sifatida izohlanadi. Maqolada “Qaqpan”, “Ovchi-qaqtchi”, “Bestas”, “Oqsuyek”, “Gürtkergek”, “Aq sali - kök sali”, “Balamtap”, “Kema-kema”, mavsumiy qor, bahor va yozgi o‘yinlar, shuningdek “Oqmunchoq” kabi turli o‘yinlar misolida ularning etno-pedagogik va tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi.References
1. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Москва, “Ўзбек тили нашриёти”, 1982.- 326 бет.
2. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Тошкент: “ЎзМЭ” нашриёти, 2004., 8-том, -292-293 бетлар.
3. Степанова, Ковалева. Всеволодский. Игры народов СССР. Сборник материалов. Москва: “Академкниг”.,1933,-136 б.
4. Галиев Ш. Ўзбек болалар ўйин фольклори. -Тошкент: “Фан”.,1998,-96 б.
5. Қорабоев У. Ўзбек халқ ўйинлари. -Тошкент: “Санъат”.,2001,-56 б.
6. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. -“-жилд. Тошкент, 2001. -131 бет.
7. Қорабоев У.Ҳ. Ўзбек халқ ўйинлари. -Тошкент, “Санъат”. 2001, -8 б.
8. Қорабоев У.Ҳ. Ўзбекистон байрамлари. -Тошкент: “Ўқитувчи”.,1991,- 192 б.
9. Қорабоев У.Ҳ. Ўзбек халқ ўйинлари. -Тошкент, “Санъат”. 2001, -9 б.
10. Қорабоев У.Ҳ. Ўзбек халқ ўйинлари. -Тошкент, “Санъат”. 2001, -9 б.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.