Abstract
Teatr sanʼatining asosiy shakli bo‘lgan pyesa tomoshabinga badiiy va estetik taʼsir ko‘rsatish maqsadida sahnalashtirilib spektaklga aylantiriladi. Pyesa avvalo, o‘zining badiiy xususiyatlari bilan ajiralib turadi. Ularni har xil yo‘nalishlarda tahlil qilish mumkin. Masalan, pyesaning asosiy badiiy xususiyatlaridan biri bu uning dramaturgik asosidir. Pyesalarning badiiy xususiyatlari dramaturgiyaning tuzilishi va muammolarini o‘z ichiga oladi. Uning badiiy xususiyatlarini tahlil qilishda quyidagi jihatlarga eʼtibor beramiz. 1. Pyesaning mavzu va g‘oyasi - dastlab pyesaning markaziy mavzusi va uning asosiy g‘oyasi tahlil qilinadi. 2. Syujet va kompozitsiya - pyesaning kirish,muammo yuzaga kelish qismi,kulminatsiya va echim aniqlanadi. 3. Qahramonlar va obrazlar sistemasi - asar qahramonlarining xususiyatlari,ularning ichki dunyosi,orzu-intilishlari va muammolari tahlil qilinadi. 4. Badiiy usullar va til - pyesada qo‘llanilgan badiiy vositalar (simvollar,metaforalar,ramzlar)belgilanadi. 5. Janr xususiyatlari - pyesaning qaysi dramatik janrga tegishli ekanligi aniqlanadi. Yuqorida taʼkidlab o‘tilgan yo‘nalishlarning barchasi pyesaning badiiy xususiyatlarini aniqlashga yordam beruvchi vositalar bo‘lib, ular pyesaning badiiy qimmatini chuqurroq anglashga yordam beradi.Ushbu qoidalardan kelib chiqib, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining shakllanishiga turtki bo‘lgan va teatr repertuarida muvaffaqiyat qozongan ilk asarning badiiy xususiyatlarini ochishga kirishdik.References
1. To‘rayeva B, Ko‘chimov U. Adabiyotshunoslik. -T.: MALIK PRINT CO, 2022.
2. Abdusamatov H. Drama nazariyasi. -T.: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san´at nashriyoti, 2000.
3. Raxmanov K. Tog‘íz tońqíldaq bir shińkildek. -NO‘KIS.:
4. Bayandiev T. Qoraqalpoq sahnasidagi odimlar. Jurnal. «Teatr» (2016).
5. Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatrining telegramdagi rasmiy sahifasi - https://kktyuz.uz.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.