Abstract
Ushbu maqolada Ahmad Yassaviy ijodida tasavvuf va she’riyatning uzviy bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda Yassaviy hikmatlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, ularning shakl va mazmun uyg‘unligi, tasavvufiy qarashlarning poetik ifodalanish usullari keng yoritilgan. Xususan, shoir ijodida insonning ruhiy poklanishi, nafsni tiyish, ilohiy ishq orqali komillikka erishish, shuningdek, Haq yo‘liga sodiqlik kabi g‘oyalar asosiy o‘rin egallashi asoslab beriladi.
Maqolada Yassaviy hikmatlarining xalqona ohangda yozilganligi, sodda va tushunarli tilda ifodalangan bo‘lsa-da, unda chuqur falsafiy va tasavvufiy mazmun mujassam ekanligi tahlil qilinadi. Shuningdek, uning ijodida Qur’on va hadis g‘oyalarining aks etishi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning targ‘ib etilishi ham muhim jihat sifatida ko‘rib chiqiladi. Muallif Yassaviy ijodining turkiy adabiyot taraqqiyotidagi o‘rni va uning keyingi avlod shoirlariga ko‘rsatgan ta’sirini ham ilmiy asosda yoritadi
References
1. Alisher Navoiy.MAT, 17-tom.T.: 2001
2. Ibrohim Haqqul. Meros va mohiyat. T.: Ma`naviyat. 2006.
3. Zulayxo.R. Ibrohim Haqqul haqiqati.-T:”Dizayn-print”.”Tirilish nashriyoti”,2023.
4. Ibrohim Haqqul. Taqdir va tafakkur. Toshkent, 2007.
5. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. Toshkent, 1991.
6. Alibek Rustamov.So’z xususida so’z.Toshkent,1987
7. Xoja Ahmad Yassaviy Devoni hikmat. (Yangi topilgan namunalar). Toshkent, 2005.
8. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000.
9. Ibrohim Haqqul. Ahmad Yassaviy. Toshkent, 2001.
10. Xoja Ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va an’analari. Toshkent, 2001

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.