Abstract
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish modelini loyihalashning nazariy-metodologik asoslari va izchil bosqichlari tahlil qilinadi. Refleksiv pozitsiya shaxsiy tajribaga tayangan, kasbiy faoliyatda namoyon bo‘ladigan munosabatlar tizimi sifatida talqin etiladi. Tizimli yondashuv asosida modelni loyihalashning tizim tahlili, model sintezi hamda modelning real pedagogik jarayonga muvofiqligini baholash bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, modellashtirish algoritmi, modelning maqsadli, nazariy- metodologik, mazmunli-jarayonli va natijaviy bloklari, ularning o‘zaro aloqasi ochib beriladi. Refleksiv, tizimli, aksiologik va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlarning metodologik imkoniyatlari, pedagogik shart-sharoitlar hamda diagnostik mezonlar asoslanadi.References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ–637-son. [2]
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ–3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. [3]
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni. [4]
4. Dakhin A.I. Pedagogik modellashtirish: tabiati, samaradorligi va ishonchliligi // Pedagogika. – 2003. – № 4. – B. 21–26. [5]
5. Arxangelskiy S.I. Oliy maktabda o‘quv jarayoni: tashkil etish, boshqarish va metodik asoslar. – Moskva: Oliy maktab, 1998. – 368 b. [6]
6. Qarshiyeva Z.Sh. Bo‘lajak o‘qituvchining refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va magistrlari uchun uslubiy qo‘llanma. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti, 2021. – 68 b. [1]