Abstract
Maqolada refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning o‘qituvchi pedagogik mahoratini oshirishdagi o‘rni nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot maqsadi — o‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi, dars kundaligi va hamkasblar kuzatuvi (peer observation) kabi refleksiv vositalarning kasbiy o‘sish bilan bog‘liqligini ochib berish hamda ularni tizimli qo‘llashning nazariy modelini asoslashdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy-tanqidiy yondashuv, umumlashtirish va modellashtirish usullari qo‘llanildi. J. Dyui, D. Shyon, D. Kolb, S. Brukfild va F. Kortxagen qarashlari asosida refleksiyaning darajalari va mexanizmlari tizimlashtirildi. Natijada refleksiv vositalarning qiyosiy tavsifi, refleksiyaning to‘rt darajali tasnifi hamda “Tahlil — Qayd — Kuzatuv — O‘sish” refleksiv sikli modeli taklif etildi. Refleksiya o‘qituvchining shunchaki o‘zini baholashi emas, balki tajribani bilimga aylantiruvchi va kasbiy o‘sishni boshqaruvchi mexanizm ekani asoslab berildi.References
1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. — lex.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. — lex.uz.
3. Dewey J. How We Think: A Restatement of the Relation of Reflective Thinking to the Educative Process. — Boston: D.C. Heath, 1933.
4. Schön D.A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. — New York: Basic Books, 1983.
5. Kolb D.A. Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. — Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall, 1984.
6. Gibbs G. Learning by Doing: A Guide to Teaching and Learning Methods. — Oxford: Further Education Unit, Oxford Polytechnic, 1988.
7. Brookfield S.D. Becoming a Critically Reflective Teacher. — 2nd ed. — San Francisco: Jossey-Bass, 2017.
8. Korthagen F., Vasalos A. Levels in reflection: core reflection as a means to enhance professional growth // Teachers and Teaching: Theory and Practice. — 2005. — Vol. 11, No. 1. — P. 47–71.
9. Ross J.A., Bruce C.D. Teacher self-assessment: A mechanism for facilitating professional growth // Teaching and Teacher Education. — 2007. — Vol. 23, No. 2. — P. 146–159.
10. Danielson C. Enhancing Professional Practice: A Framework for Teaching. — 2nd ed. — Alexandria, VA: ASCD, 2007.
11. Gosling D. Models of Peer Observation of Teaching. — York: LTSN Generic Centre, 2002.
12. Bell A., Mladenovic R. The benefits of peer observation of teaching for tutor development // Higher Education. — 2008. — Vol. 55, No. 6. — P. 735–752.
13. Hattie J. Visible Learning: A Synthesis of over 800 Meta-Analyses Relating to Achievement. — London: Routledge, 2009.
14. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent, 2006.