Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish pedagogik konsepsiyasining mazmuni nazariy-metodologik jihatdan asoslangan. Iqtisodiy madaniyat iqtisodiy bilimlarni egallash bilangina cheklanmaydigan, iqtisodiy anglash, qadriyatli munosabat, ongli iqtisodiy tanlov, mas’uliyatli xulq-atvor, refleksiya va kasbiy- pedagogik transformatsiyani o‘zaro birlashtiruvchi integrativ kasbiy-shaxsiy sifat sifatida talqin etilgan. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, tizimlashtirish va konseptual modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Pedagogik konsepsiyaning iqtisodiy bilimni anglangan bilimga aylantirish, iqtisodiy bilim va qadriyat birligini ta’minlash, tanlov va mas’uliyatli qarorni rivojlantirish, refleksiv boshqaruvni shakllantirish hamda shaxsiy iqtisodiy tajribani kasbiy-pedagogik faoliyatga transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan asosiy mazmuniy yo‘nalishlari aniqlashtirilgan. Natijada bo‘lajak tarbiyachining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning “iqtisodiy bilim - iqtisodiy anglash - qadriyatli munosabat - iqtisodiy tanlov - mas’uliyatli xulq-atvor - refleksiya - kasbiy-pedagogik transformatsiya” ketma-ketligiga asoslangan konseptual mantiqi taklif etilgan.References
1. Никулина Н.Н., Шварев Е.В., Соболев М.В. Педагогические условия развития экономической культуры студентов // Образовательные ресурсы и технологии. – 2025. – №3(52). – С. 16–26.
2. Товканець Г.В., Головачко В.М. Розвиток економічної культури і компетентності фахівців педагогічного профілю в умовах університетської освіти // Імідж сучасного педагога. – 2025. – №1(220). – С. 26–30.
3. Quchqorova N.M. Components and criteria of economic culture of future teachers // E3S Web of Conferences. – 2023. – Vol. 402. – Article 08003.
4. Konowaluk-Nikitin H., Nazaruk S. Economic education of preschool children. A pedagogical view of the phenomenon // Journal of Vasyl Stefanyk Precarpathian National University. – 2024. – Vol. 11, No. 3. – P. 36–44.
5. Jayaraman J.D., Jambunathan S., Adesanya R. Preparedness of early childhood teachers to teach financial literacy: evidence from the US // Education 3–13. – 2022. – Vol. 50, No. 8. – P. 1121–1136.
