Abstract
Maqolada boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida STEAM yondashuvi asosida o‘quvchilarning kreativ va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. STEAM komponentlarining boshlang‘ich sinf texnologiya darsidagi mazmuni aniqlangan, kreativ va konstruktorlik kompetensiyalarining tarkibiy qismlari hamda ularning kuzatiladigan ko‘rsatkichlari belgilangan. Mazkur kompetensiyalarni rivojlantirishning beshta o‘ziga xos xususiyati asoslangan: texnologiya darsining fanlararo integratsiya markaziga aylanishi, muhandislik-loyihalash siklining kichik yoshga moslashtirilishi, kreativlik va konstruktorlikning “g‘oya – amalga oshirish” birligi, “Art” komponentining dizaynerlik vazifasi va xatoni o‘rganish manbai sifatida qabul qilish. Loyihalash siklining har bir bosqichi uchun aniq metodlar taklif etilgan, 4-sinf uchun “Mustahkam ko‘prik” STEAM-loyihasi dars ishlanmasi va kompetensiyalarni baholash rubrikasi keltirilgan. Natijalardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida foydalanish mumkin.References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son.
2. Sanakulov X., Abdiyeva D. Texnologiya: 3-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 80 b.
3. Umbarova N.X. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida texnologik atamalardan foydalanish // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Vol. 3, №1/2. – B. 514–518.
4. Qudratova Sh.B., O‘lmasova R.F. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslarini STEAM ta’limiy yondashuv asosida shakllantirish. – 2025. – B. 338–341. DOI: 10.5281/zenodo.17574805.
5. Ismatillayeva Yo.A. Boshlang‘ich sinfda tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM ta’lim texnologiyasini qo‘llash mexanizmlari // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2024. – B. 59–63.
6. Mamasaidova M. Boshlang‘ich ta’limda STEAM texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari // NamDU ilmiy axborotnomasi. – 2024. – №12.
7. Kulboyeva D. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik qobiliyatini shakllantirish // ZDIF. – 2025. – Vol. 4, №8. – B. 25–28. DOI: 10.5281/zenodo.15253809.
8. Sobirova G.Y. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ta’lim faoliyatini
9. Alkarova F. O‘quvchilarda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda “Texnologiya” fanining roli // O‘zMU xabarlari. – 2024. – №1/8/1. – B. 61.