Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda “Kelajak soati” mashg‘ulotlarini tashkil etishda sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi tarbiyaviy mashg‘ulotlar mazmunini raqamli texnologiyalar yordamida boyitish, o‘quvchilarning kelajak kasblari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish hamda oila va ta’lim tashkiloti hamkorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan metodik yondashuvni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy manbalarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, pedagogik umumlashtirish va metodik modellashtirish usullaridan foydalaniladi. Natijada “Kelajak soati” mashg‘ulotlarida sun’iy intellekt yordamida tarbiyaviy materiallar, hayotiy vaziyatlar, kasblarga oid ma’lumotlar va interaktiv topshiriqlar tayyorlash imkoniyatlari tizimlashtirildi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual qiziqishlari va tarbiyaviy ehtiyojlarini pedagogik kuzatuv orqali aniqlash, ota-onalarning moslashtirilgan motivatsion video murojaatlarini mashg‘ulotlarga integratsiyalashga asoslangan “Faxrli farzand” metodik taklifi ishlab chiqildi. Tadqiqot nazariy- metodik xususiyatga ega bo‘lib, taklif etilgan yondashuvning amaliy samaradorligini aniqlash uchun kelgusida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish zarurligi asoslandi.References
1. Miao F., Cukurova M. AI Competency Framework for Teachers. Paris: UNESCO, 2024.
2. Miao F., Holmes W. Guidance for Generative AI in Education and Research. Paris: UNESCO, 2023.
3. Miao, F., Shiohira K., Lao N. AI Competency Framework for Students. Paris: UNESCO, 2024.
4. Yakubova, Sh. va boshqalar. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Fan, 2025. – 332 b.
5. Milliytarbiya.uz. “Kelajak soati” metodik materiallari. Elektron resurs, 2025.