Abstract
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ilmiy izlanish faoliyatini tashkil etishning didaktik imkoniyatlari nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilingan. Sun’iy intellekt vositalarining ilmiy muammoni aniqlash, tadqiqot savollarini shakllantirish, ilmiy axborotni izlash va saralash, tadqiqot jarayonini rejalashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda ilmiy xulosalarni asoslashdagi didaktik funksiyalari yoritilgan. Mustaqil ilmiy izlanish faoliyatini tashkil etishning muammoli- yo‘naltiruvchi, axborot-tahliliy, loyihalash-amaliy va refleksiv-baholash bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi didaktik yondashuv taklif etilgan. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ilmiy mustaqilligi, tanqidiy fikrlashi, metodologik savodxonligi va akademik halolligini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari asoslangan. Maqolada sun’iy intellekt ilmiy izlanishning mustaqil subyekti emas, balki talabaning tadqiqotchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi intellektual-didaktik vosita sifatida talqin etiladi.References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–637-son, 2020-yil 23-sentabr. https://lex.uz/docs/5013007
2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – Toshkent: Fan, 2007.
4. Зимняя И.А. Ключевые компетенции — новая парадигма результата образования // Высшее образование сегодня. – 2003. – № 5. – С. 34–42.
5. Сластенин В.А., Исаев И.Ф., Шиянов Е.Н. Педагогика: учебное пособие. – Москва: Академия, 2002.
6. Dewey J. How We Think. – Boston: D.C. Heath & Co., 1910.
7. Schön D.A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. – New York: Basic Books, 1983.
8. Miao F., Holmes W. Guidance for Generative AI in Education and Research. – Paris: UNESCO, 2023. https://doi.org/10.54675/EWZM9535
9. Kasneci E., Sessler K., Küchemann S., et al. ChatGPT for good? On opportunities and challenges of large language models for education // Learning and Individual Differences. – 2023. – Vol. 103. – Article 102274. https://doi.org/10.1016/j.lindif.2023.102274
10. Zawacki-Richter O., Marín V.I., Bond M., Gouverneur F. Systematic review of research on artificial intelligence applications in higher education – where are the educators? // International Journal of Educational Technology in Higher Education. – 2019. – Vol. 16. – Article 39. https://doi.org/10.1186/s41239-019-0171-0
11. UNESCO. Recommendation on the Ethics of Artificial Intelligence. – Paris: UNESCO, 2021.
