Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda baholashning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy faoliyatida nazariy bilimlar, jismoniy va metodik tayyorgarlik, pedagogik mahorat, kommunikativ kompetensiya, diagnostik tahlil va kasbiy refleksiyaning ahamiyati ochib berilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini baholash maqsadida test sinovlari, jismoniy mashqlar, dars ishlanmasini tahlil qilish, mustaqil dars o‘tish va so‘rovnoma metodlarini o‘z ichiga olgan kompleks baholash tizimi taklif etilgan. Shuningdek, 100 ballik baholash mezonlari asosida talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va individual rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli vositalardan foydalanish orqali jismoniy tarbiya ta’limi samaradorligini oshirish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.References
1. McLennan N., Thompson J. Quality Physical Education (QPE): Guidelines for Policy- Makers. — Paris: UNESCO, 2015. — P. 50–53.
2. Valixoniv S.Sh. Zamonaviy jismoniy tarbiya o'qituvchisining kasbiy kompetensiyalari. Maqola. https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/view/671/615
3. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. — Toshkent, 2005.
4. Yuldasheva N.E., Djalalov B.B. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari // Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. — 2023. — J. 3, № 12. — B. 96–102.
