BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING 4K ASOSIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHGA METODIK TAYYORGARLIGI MAZMUNI
PDF

Keywords

boshlang‘ich ta’lim
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
metodik tayyorgarlik
4K modeli
tanqidiy fikrlash
kreativlik
kommunikativlik
hamkorlik
pedagogik kompetentlik
metodik kompetensiya
muammoli ta’lim
interfaol metodlar
refleksiya
baholash.

How to Cite

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING 4K ASOSIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHGA METODIK TAYYORGARLIGI MAZMUNI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(10), 839-847. https://doi.org/10.70728/c.series.ped.v08.i10.113

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 4K modeli asosida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga metodik tayyorgarligi mazmuni pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda 4K modelining tarkibiy komponentlari tanqidiy fikrlash, kreativlik, kommunikativlik va hamkorlikning o‘quvchilarning bilish faoliyati bilan uzviy aloqasi hamda ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar yoritilgan. Metodik tayyorgarlikning mazmuni motivatsion-maqsadli, mazmuniy-kognitiv, metodik-operatsional va refleksiv-baholash komponentlari asosida tizimlashtirilgan. Tadqiqotning metodologik asosini kompetensiyaviy, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va refleksiv yondashuvlar tashkil etadi. Nazariy tahlil, qiyoslash, umumlashtirish, tizimlashtirish va modellashtirish metodlari asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 4K asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga metodik tayyorgarligining asosiy mazmuniy yo‘nalishlari aniqlangan. Natijada o‘qituvchining metodik tayyorgarligi faqat 4K modelining nazariy asoslarini bilish bilan chegaralanmasdan, tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlarni loyihalash, muammoli vaziyatlarni tashkil etish, savol berish strategiyalaridan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil fikrini asoslashga sharoit yaratish va natijalarni refleksiv baholash kompetensiyalarini qamrab olishi asoslangan.
PDF

References

1. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. – Toshkent: Fan, 2004.

2. OECD. PISA 2022 Assessment and Analytical Framework. PISA, OECD Publishing. – Paris, 2023. – 291 p.

3. OECD. PISA 2022 Results. Volume III: Creative Minds, Creative Schools. – Paris: OECD Publishing, 2024.

4. OECD. New PISA Results on Creative Thinking: Can Students Think Outside the Box? PISA in Focus, No. 125. – Paris: OECD Publishing, 2024.

5. Sattorova M.I. The Role and Significance of the 4K Model in Teaching in Primary School // Oriental Journal of Education. – 2024. – P. 265–268.

6. Gulmonova G.A. Boshlang‘ich ta’limda 4K kompetensiyalarini (Critical Thinking, Creativity, Communication, Collaboration) rivojlantirish // Журнал академических исследований Нового Узбекистана. – 2026. – Т. 3. – № 8. – B. 100–104.

7. Parpiyev O.O., Yo‘ldasheva N. O‘qish savodxonligi darslarida 4K modelini qo‘llash usullari // Pedagogik ta’lim va tarbiya transformatsiyasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning konseptual asoslari. – 2026. – B. 458–462.

8. Jorayeva N. The Significance of “4K” Comprehensions in Modern Educational Standards // European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Vol. 4. – Issue 11. – P. 194– 199.

9. Pardaboyeva D. Methodology for Developing the Intellectuality of Future Primary School Teachers on the Basis of Critical and Creative Thinking // International Journal of Pedagogics. – 2025. – Vol. 05. – Issue 03. – P. 100–103.

10. Chinalieva A.B. The Development of Critical Thinking in Future Primary School Teachers // International Journal of Artificial Intelligence. – 2026. – P. 1358–1361.