Abstract
Ushbu maqolada malakali gandbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini kompleks baholashning ilmiy-pedagogik mezonlari nazariy va uslubiy jihatdan asoslangan. Zamonaviy gandbolda musobaqa faoliyatining yuqori intensivligi, oʻyin vaziyatlarining tez oʻzgarishi, hujumdan himoyaga va himoyadan hujumga qisqa vaqt ichida oʻtish zarurati sportchidan texnik harakatlarni puxta egallash bilan bir qatorda, ularni oʻzgaruvchan musobaqa sharoitida taktik jihatdan maqsadga muvofiq qoʻllay olishni talab qiladi. Shu bois texnik-taktik tayyorgarlikni baholashda alohida harakatlar natijasini hisobga olish bilan cheklanish yetarli emas. Maqolada individual, guruhli va jamoaviy harakatlar, hujum va himoya faoliyati, toʻp bilan hamda toʻpsiz bajariladigan harakatlarni yagona tizimda baholash imkonini beruvchi mezonlar tizimlashtirildi. Texnik aniqlik, taktik maqsadga muvofiqlik, qaror qabul qilish tezligi, oʻzaro hamkorlik samaradorligi, texnik xatolar, hujumni yakunlash, blok, toʻpni egallab olish va pozitsion himoya kabi koʻrsatkichlar kompleks tahlil qilindi. Integral baholash modeli taklif etilib, uni oʻyin ampluasiga mos ravishda differensial qoʻllash zarurati asoslandi.References
1. Akramov J.A., Pavlov Sh.K., Abduraxmonov F.A. Gandbol: oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: Lider Press, 2007. – 144 b.
2. Azizov S.V. Gandbol o‘yinida markaziy o‘yinchining texnik-taktik harakatlarini tarbiyalash usullari // Ta’lim va taraqqiyot. – 2025.
3. To‘g‘onboyev G‘.A. Malakali gandbolchilarning himoyadagi texnik harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish // Fan-Sportga. – 2025. – 8(11). DOI: 10.65149/fansport.2025.v8i11.a003.
4. Wagner H., Finkenzeller T., Würth S., von Duvillard S.P. Individual and Team Performance in Team-Handball: A Review // Journal of Sports Science and Medicine. – 2014. – Vol. 13. – P. 808–816.
5. Ferrari W.R., Sarmento H., Vaz V. Match Analysis in Handball: A Systematic Review // Montenegrin Journal of Sports Science and Medicine. – 2019. – Vol. 8(2). – P. 63– 76. DOI: 10.26773/mjssm.190909.
6. Ohnjec K., Vuleta D., Milanović D., Gruić I. Performance indicators of teams at the 2003 World Handball Championship for women in Croatia // Kinesiology. – 2008. – Vol. 40(1). – P. 69–79.
7. González-García I. et al. Development and Validation of an Observational Game Analysis Tool with Artificial Intelligence for Handball: Handball.ai // Sensors. – 2023. – Vol. 23. – Article 6714.
8. Wagner H. et al. The PlayerScore: A Systematic Game Observation Tool to Determine Individual Player Performance in Team Handball Competition // Applied Sciences. – 2023. – Vol. 13. – Article 2327.
9. Michalsik L.B., Madsen K., Aagaard P. Technical match characteristics and influence of body anthropometry on playing performance in male elite team handball // Journal of Strength and Conditioning Research. – 2015. – Vol. 29(2). – P. 416–428.
10. International Handball Federation. Handball Coaching and Training Materials. – IHF.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 X. K. Berdiyeva (Author)