Abstract
Maqolada boshlang‘ich ta’limda zamonaviy baholash texnologiyalarining metodik asoslari ko‘rib chiqiladi. Amaldagi me’yoriy hujjat hamda 2022–2026-yillardagi mahalliy va xorijiy tadqiqotlar tahlili asosida diagnostik, shakllantiruvchi (formativ), yakuniy (summativ), mezonli, tabaqalashtirilgan va raqamli baholashning mohiyati va funksiyalari ochib berilgan. Boshlang‘ich sinflarda baholash amaliyotidagi asosiy muammolar aniqlangan: yakuniy bahoning ta’lim jarayonini baholashdan ustunligi, baholash mezonlarining yetarlicha shaffof emasligi va o‘qituvchilarning shakllantiruvchi hamda raqamli baholashga tayyorgarligining cheklanganligi. Zamonaviy baholashning metodik tamoyillari asoslab berilgan, baholash texnologiyalarining maqsadi, taqqoslash etaloni, baholash subyekti, shakli va vositalariga ko‘ra tasnifi taklif etilgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirilgan shakllantiruvchi baholash usullari tavsiflangan, mezon va deskriptorlarni ishlab chiqish algoritmi yaratilgan, PIRLS yondashuvi asosida matnni tushunishni baholash uchun rubrika namunasi keltirilgan. Boshlang‘ich ta’limda baholash texnologiyalari metodik asoslarining tuzilmaviy modeli taklif etilgan. Natijalardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirishda, shuningdek, o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash tizimini takomillashtirishda foydalanish mumkin.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “5–9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1-mh-son buyrug‘i. 2025-yil 4-fevral (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 05.02.2025-y. 2117-2-son bilan ro‘yxatga olingan).
2. Parpiyev O., Pozilov H. Formativ baholash orqali 3-sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish usullari // Qo‘qon universiteti xabarnomasi. – 2024. – Vol. 13. – B. 187–201. DOI: 10.54613/ku.v13i.1055.
3. Allaberdiyeva F.A. Boshlang‘ich ta’limda baholash tizimi: formativ baholashning samaradorligi // Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi materiallari. – 2026. – B. 172–174. DOI: 10.5281/zenodo.20539632.
4. Xusanova N.B., Adilova S.N. Summativ va formativ baholash tizimi // Uzbek Scholar Journal. – 2024. – Vol. 28. – B. 50–53.
5. Bekbo‘sinova L.X. Boshlang‘ich sinf darslarida differensial baholashning imkoniyatlari // Central Asian Journal of Academic Research. – 2025. – Vol. 3, №6. – B. 61–63.
6. Luna-Acuña M.L., Bazán-Linares M.V., Peralta-Roncal L.E., Gaona-Portal M.P. Impacto de la evaluación formativa en la educación primaria // Revista Docentes 2.0. – 2023. – Vol. 16, №2. – P. 335–346. DOI: 10.37843/rted.v16i2.431.
7. Амирова А.А., Измагамбетова Р.К. Формирование самооценки детей начальной школы на основе критериальной оценки // Вестник КазНПУ им. Абая. Серия «Педагогические науки». – 2022. – №2(74). – С. 345–354. DOI: 10.51889/2022-2.1728-5496.38.
8. Elliyev H. O‘quvchilar bilimini baholash ilmiy pedagogik muammo sifatida // O‘zMU xabarlari. – 2024. – №1/10/1. – B. 255–257.
9. Lepesova M.A. PIRLS baholash mezonlari va ularni boshlang‘ich sinf darslariga integratsiyalash usullari // Yangi O‘zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2025. – Vol. 2, №5. – B. 158–162.
10. Akramova I. PIRLS mezonlari asosida o‘quvchilarning matnni tushunish darajasini baholash usullari va metodikasi // Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2025. – Vol. 4, №19. – B. 88–90.
11. Mirzaliyeva G., Umarov E. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimini baholashda xalqaro baholash tadqiqotlarining o‘rni // Central Asian Journal of Academic Research. – 2025. – Vol. 3, №5. – B. 31–33.
12. Azimova N. Raqamli resurslar va multimedia vositalaridan foydalanish // Modern Science and Research. – 2025. – Vol. 4, №10. – B. 242–245.
13. Волкова Л.В., Волкова Ю.С. Готовность учителей к формированию цифровой грамотности школьников: результаты диагностики // Научно-педагогическое обозрение. – 2023. – №1(47). – С. 112–123. DOI: 10.23951/2307-6127-2023-1-112-123.
14. Соловьева О.В., Кокорова С.Д. Развитие познавательных способностей детей младшего школьного возраста в условиях цифровизации образования // Вестник Северо-Кавказского федерального университета. – 2022. – №1(88). – С. 184–189. DOI: 10.37493/2307-907X.2022.1.21.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Odinaxon Alimjanovna Kasimova, Anbarjon Qosimboy qizi Qo'chqorboyeva (Author)