FARG‘ONA VODIYSI JANUBIDAGI QOYATOSH SURATLARNING O‘RGANILISHI TARIXI XUSUSIDA
PDF

Keywords

Farg‘ona vodiysi, qoyatosh suratlari, petrogliflar, Saymalitosh, Suratisoy, arxeologiya, madaniy meros, hayvon va odam tasvirlari

How to Cite

FARG‘ONA VODIYSI JANUBIDAGI QOYATOSH SURATLARNING O‘RGANILISHI TARIXI XUSUSIDA. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(3), 1015-1019. https://doi.org/10.70728/

Abstract

Farg‘ona vodiysi janubidagi qoyatosh suratlari O‘rta Osiyodagi qadimgi madaniy merosning muhim qismi hisoblanadi. Ular asosan Saymalitosh, Aravon, Ayrimachtog‘, Suratisoy va Obishirsoy atrofida joylashib, hayvonlar, odamlar, uy hayvonlari va turli qurol-aslahalarni tasvirlaydi. Eng qadimiy suratlar miloddan avvalgi II–I ming yilliklarga tegishli. Qoyatosh tasvirlari texnik jihatdan rangli chizish, chekma usul va qirib chizish kabi turli metodlar orqali amalga oshirilgan. Ular ovchilik sahnalari, hayvonlar urushi va inson turmush tarzi, shuningdek harbiy jihozlarni ko‘rsatadi. Farg‘ona vodiysi qoyatosh suratlari ilmiy tadqiqot, madaniy merosni asrab-avaylash va yosh avlodni tarixiy madaniyatga qiziqtirishda katta ahamiyatga ega.

PDF

References

1. Воронец М.Э. Наскальные изображения Южной Киргизии // Труды Кирг. ЯГПИ. Вып.2, – Фрунзе, 1950. – С. 75-90.

2. Kabirov J., Sagdullayev A.S. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. – Toshkent, 1990. – 160 b.

3. Хужаназаров М. Наскальные изображения Обиширсая // ИМКУ, Вып.25, – Ташкент, 1991. – 225 с.

4. Xo‘janazarov M. Farg‘ona viloyatining qoyatosh rasmlari // Marg‘ilon shahrining jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni. – Toshkent-Marg‘ilon: Fan nashriyoti, 2007. – B.14-19.

5. Формозов А.А. О наскальных изображениях Зараут-камара в ущелье Зараут-сай // СА, №4. – Москва, 1966. – С. 60-78

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.