Abstract
Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida sovet davlatining iqtisodiy va moliyaviy siyosatida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, xususan, og‘ir harbiy sharoitda soliq tizimining holati va uning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni tadqiq etilgan. Urush davrida mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarining qisqarishi, harbiy xarajatlarning keskin ortishi va pul muomalasining buzilishi fonida sovet hukumati tomonidan qo‘llanilgan soliq islohotlari tahlil qilingan. Xususan, qishloq xo‘jaligi solig‘iga qo‘shimcha ustamalar, yolg‘iz va farzandsiz fuqarolar uchun soliq, majburiy harbiy soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarning joriy etilishi, ularning aholi turmush darajasiga ta’siri hamda byudjet barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, statistik yondashuv hamda arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan.References
1. История социалистической экономики СССР. В 7 томах. Том 5. Советская экономика накануне и в период Великой Отечественной войны. 1938–1945 гг. – Москва: Наука, 1978. – 562 с.
2. Бахов А.С., Давидович А.М., Дорохова Г.А. Советское государство и право накануне и в годы Великой Отечественной войны (1936–1945 гг.). – Москва: Наука, 1985. – 358 с.
3. Плотников К.Н. Очерки истории бюджета Советского государства. – Москва: Госфиниздат, 1955. – 556 с.
4. Толкушкин А.В. История налогов в России. Учебное пособие. – Москва: Юристъ, 2001. – 478 с.