Abstract
Maqolada 1950-1970-yillarda aholini yangi oʻzlashtirilayotgan yerlarga koʻchirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari va targʻibot mexanizmlari Buxoro viloyati misolida tahlil qilinadi. Arxiv hujjatlari, davriy matbuot, tarixiy ocherklar va ogʻzaki tarix ma'lumotlarini manbaviy-tanqidiy oʻrganishga asoslanadi. Uy-joy, ish va daromadga boʻlgan ehtiyoj, davlatning moddiy ragʻbatlantirish choralari, qon-qarindoshlik munosabatlari hamda yoshlarni safarbar etish usullari koʻrib chiqiladi. Tahlil koʻchirish qarori iqtisodiy manfaat, ijtimoiy aloqalar, targʻibot va ma'muriy ta'sirning oʻzaro munosabatida shakllanganini koʻrsatadi. Matbuotda ilgari surilgan fuqarolik burchi va mehnat qahramonligi obrazlari aholining amaliy ehtiyojlarini toʻliq aks ettirmagan. Koʻchirish rejalarining bajarilmasligi va ayrim xoʻjaliklarning ortga qaytishi esa rasmiy safarbarlik bilan aholining shaxsiy tanlovi oʻrtasidagi ziddiyatni ochib beradi.References
1. Рыбаковский Л. Л. Миграция населения. Три стадии миграционного процесса: очерки теории и методов исследования. – Москва: ИСПИ РАН, 2003. – С. 18, 26.
2. Gʻijduvon tuman davlat arxivi. 3-fond, 1-roʻyxat, 20-yigʻma jild, 1-varaq.
3. Kogon rayoni XXII parts'ezd sovxozi ferma mudiri A. Muzaffarov bilan muallifining shaxsiy suhbati. 2019 yil 15 aprel.
4. Olot rayoni «Olot» sovxoziga koʻchma xoʻjalik vakili boʻlib kelgan R. Choriev bilan muallifining shaxsiy suhbati. 2019 yil 20 may.
5. Kogon tuman davlat arxivi. 22-fond, 1-roʻyxat, 75-yigʻma jild, 62-varaq.
6. Gʻijduvon tuman davlat arxivi. 3-fond, 1-roʻyxat, 195-yigʻma jild, 66-varaq.
7. Шарофутдинов С. Бухоро илғорлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1968. – Б. 148, 150.
8. Правда Востока. – 1955 йил 7 январь.
9. Ҳусанов Н. Ўзбекистон комсомоли янги ерларни ўзлаштириш ташаббускори. – Тошкент: Ёш гвардиячи, 1989. – Б. 8, 21.
10. Алиев Н. Баҳодир диёр сафга турмоқда. «Қаршистрой» кишилари // Ўзбекистон агитатори. – 1969. – № 19. – Б. 21–23.
11. Қизил тонг. – 1977 йил 12 июнь.