O‘ZBEKISTONDA XALQ TA’LIMI ISLOHOTLARINING AMALGA OSHIRILISHI VA INSTITUTSIONAL MUAMMOLAR
PDF

Keywords

xalq ta’limi
ta’lim islohotlari
Buxoro viloyati
institutsional muammolar
ta’lim boshqaruvi
pedagoglar attestatsiyasi
ta’lim monitoringi
maktab infratuzilmasi
manbalar tanqidi.

How to Cite

O‘ZBEKISTONDA XALQ TA’LIMI ISLOHOTLARINING AMALGA OSHIRILISHI VA INSTITUTSIONAL MUAMMOLAR. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(10), 1712-1720. https://doi.org/10.70728/a.series.ijt.v08.i10.030

Abstract

Tadqiqotda 2017–2021-yillarda O‘zbekistonda xalq ta’limi islohotlarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq institutsional muammolar Buxoro viloyati misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi davlat belgilagan vazifalar bilan hududiy va maktab darajasidagi ijro o‘rtasidagi tafovutlarning hujjatlarda qanday aks etganini ko’satishdir. Tahlil joriy arxiv hujjatlaridan keltirilgan ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, tekshiruv natijalari, jamoaviy murojaatlar va ilgari o‘tkazilgan anonim anketa materiallariga tayanadi. Tarixiylik, manbalarni tanqidiy tahlil qilish, tarixiy-qiyosiy va muammoviy-xronologik usullar qo‘llanildi. Darslik ta’minoti, monitoringning texnik tayyorgarligi, pedagoglar attestatsiyasi, maktab ichki boshqaruvi, infratuzilma va hisobotlarning aniqligi o‘zaro bog‘liq ijro masalalari sifatida ochib berildi. Natijalar ayrim hollarda ma’muriy topshiriqning belgilanishi uni bajarish uchun zarur resurs, axborot va tashkiliy tayyorgarlik bilan bir vaqtda ta’minlanmaganini ko‘rsatadi. Murojaatlardagi da’volar tekshiruv natijalaridan, mahalliy holatlar esa umumrespublika xulosalaridan farqlandi. Islohotlarning tarixiy natijasini baholashda huquqiy yangilanish bilan bir qatorda uning mahalliy ijro mexanizmlarini ham o‘rganish zarurligi asoslandi.
PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF–6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2020-yil 7-noyabr holatidagi tahrir // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2020. – 44-son. – 484-modda. URL: https://lex.uz/uz/acts/-5085999?ONDATE=07.11.2020%2000 (murojaat sanasi: 23.10.2026).

2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy arxivi. Inv. № 258. Xalq ta’limi tizimidagi muammolar haqidagi ma’lumotlar.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. – 2017-yil 28-iyul. URL: https://president.uz/oz/lists/view/827 (murojaat sanasi: 23.10.2026).

4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy arxivi. Inv. № 285. Darsliklar ta’minoti va ta’lim sifati monitoringi muddatlariga oid ma’lumotlar.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy arxivi. Inv. № 325. Milliy monitoringning dasturiy ta’minotiga oid ma’lumotlar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy arxivi. Inv. № 240. Davlat ta’lim standartlarini tushuntirish va amaliyotga tatbiq etishga oid ma’lumotlar.

7. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi joriy arxivi. Inv. № 144. Iqtisod fani chuqur o‘rganiladigan ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga oid ma’lumotlar.

8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy arxivi. Inv. № 235. I. Bobohaydarovning 2017-yil 4-dekabrdagi murojaatiga oid ma’lumotlar.

9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy arxivi. Inv. № 236. “Bilimlar bellashuvi”dagi baholash va apellatsiya yuzasidan murojaatga oid ma’lumotlar.

10. Buxoro viloyati xalq ta’limi bosh boshqarmasi joriy arxivi. Inv. № 36. Qurilish-ta’mirlash hisoboti va 2018-yil 13–14-iyundagi o‘rganish natijalariga oid ma’lumotlar.

11. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi joriy arxivi. Inv. № 214. 2019/2020-o‘quv yilidagi pedagoglar malaka sinovlariga oid ma’lumotlar.

12. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi joriy arxivi. Inv. № 214. Hududiy malaka oshirish markazi xodimlarining jamoaviy murojaatiga oid ma’lumotlar.

13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi joriy arxivi. Inv. № 236. Buxoro shahri 32-sonli maktabdagi 2019-yil aprel tekshiruvi va anonim anketa natijalariga oid ma’lumotlar.

14. Buxoro viloyati xalq ta’limi bosh boshqarmasi joriy arxivi. Inv. № 14. Qorako‘l tumani 13-sonli maktabining 2020-yildagi faoliyatini o‘rganishga oid ma’lumotlar.

15. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi joriy arxivi. Inv. № 33. 2019/2020-o‘quv yili bitiruvchilarining oliy ta’limga qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlar.

16. Vazir nega o‘qituvchi va ota-onalarga murojaat bilan chiqdi? // Boshlang‘ich ta’lim. – 2021. – 12-son. – 5-b.

17. Jalilov K. “Finlyandiya tajribasi” O‘zbekistonning ta’lim muammolarini hal qila oladimi? // Gazeta.uz. – 2022-yil 8-noyabr. URL: https://www.gazeta.uz/oz/2022/11/08/finland-education/ (murojaat sanasi: 23.10.2026).