Abstract
Zarafshon daryosi bo‘ylab joylashgan 12 ta chakandazorda (Hippophae rhamnoides L.) 2022–2026-yillarda qayd etilgan 41 ta hasharot taksoni (3768 ekz.) asosida turlarning birga uchrash tuzilmasi va entomofaglarning o‘ljalari bilan fazoviy bog‘liqligi tahlil qilindi. Nuqtalar × taksonlar matritsasida C-score ko‘rsatkichi tasodifiy modeldagidan ahamiyatli yuqori bo‘ldi (SES = 2,49; p = 0,018), ya’ni turlar nuqtalar bo‘ylab bir-biridan ajralgan guruhlar hosil qiladi. Tarqalish naqshi bo‘yicha ikki guruh ajraldi. Birinchisi (Euproctis chrysorrhoea, Archips rosana, Philaenus spumarius) faqat beshta nuqtada, aynan bir xil tarkibda uchradi. Ikkinchisi (Altica balassogloi, Lissonota sp., Mantidae) o‘rta oqimdagi N6–N9 nuqtalarida butunlay qayd etilmadi. Entomofaglarning umumiy soni fitofaglar soni bilan bog‘liq bo‘ldi (rₛ = 0,69; p = 0,013). Biroq gulpashshalar shiralar bilan, Lissonota sp. yog‘ochxo‘rlar bilan, chavandoz arilar qurtlar bilan ahamiyatli bog‘liqlik ko‘rsatmadi. Natijalar chakandazorlardagi entomofaglar ma’lum o‘lja zichligiga emas, yashash joyining umumiy holatiga bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.References
1. Stone L., Roberts A. The checkerboard score and species distributions // Oecologia. – 1990. – Vol. 85, № 1. – P. 74–79.
2. Gotelli N.J. Null model analysis of species co-occurrence patterns // Ecology. – 2000. – Vol. 81, № 9. – P. 2606–2621.
3. Strona G., Nappo D., Boccacci F., Fattorini S., San-Miguel-Ayanz J. A fast and unbiased procedure to randomize ecological binary matrices with fixed row and column totals // Nature Communications. – 2014. – Vol. 5. – Art. 4114.
4. Hassell M.P. The Spatial and Temporal Dynamics of Host–Parasitoid Interactions. – Oxford: Oxford University Press, 2000. – 200 p.
5. Symondson W.O.C., Sunderland K.D., Greenstone M.H. Can generalist predators be effective biocontrol agents? // Annual Review of Entomology. – 2002. – Vol. 47. – P. 561–594.
6. Malikov D.B. Zarafshon vohasi sharoitida chakanda (Hippophae rhamnoides L.) o‘simligi entomofaunasining tur tarkibi va biotoplar bo‘yicha tarqalishi // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – Toshkent, 2026. – Vol. 122, № 7. – B. 15–20. – DOI: 10.63241/agro-2929
7. Malikov D. Zarafshon vohasi chakandazorlarida teng qanotlilar (Insecta, Hemiptera) faunasi va ularning biotoplar bo‘yicha tarqalishi // «Agrobiznes, fan va texnologiyalar» ilmiy-amaliy elektron jurnali. Maxsus son № 1. – Toshkent, 2026. – B. 1135–1141.
8. Khalimov F. Composition and structure of the fauna of ground beetles (Coleoptera: Carabidae) of the Zerafshan Range // Acta Biologica Sibirica. – 2023. – Vol. 9. – P. 113–125. – DOI: 10.5281/zenodo.7725474
9. Khalimov F., Rakhimov M., Khamzaev R., Abdullaev E., Usanov U. Composition and structure of the entomofauna of Ferula kuhistanica in different sections of the Zarafshan Ridge // Journal of the Entomological Research Society. – 2023. – Vol. 25, № 2. – P. 275–286. – DOI: 10.51963/jers.2023.86
10. Veech J.A. A probabilistic model for analysing species co-occurrence // Global Ecology and Biogeography. – 2013. – Vol. 22, № 2. – P. 252–260.
11. Didham R.K., Ghazoul J., Stork N.E., Davis A.J. Insects in fragmented forests: a functional approach // Trends in Ecology & Evolution. – 1996. – Vol. 11, № 6. – P. 255–260.
12. Tscharntke T., Klein A.M., Kruess A., Steffan-Dewenter I., Thies C. Landscape perspectives on agricultural intensification and biodiversity – ecosystem service management // Ecology Letters. – 2005. – Vol. 8, № 8. – P. 857–874.
13. Gilbert F.S. Hoverflies. – Cambridge: Cambridge University Press, 1986. – (Naturalists’ Handbooks 5).
14. Zong S.-X., Sheng M.-L., Luo Y.-Q., Lu C.-K. Lissonota holcocerica Sheng sp. n. (Hymenoptera: Ichneumonidae) parasitizing Holcocerus hippophaecolus (Lepidoptera: Cossidae) from China // Journal of Insect Science. – 2012. – Vol. 12. – Art. 112. – DOI: 10.1673/031.012.11201
