Abstract
Ushbu tadqiqotda adsorbentlarning pHpzc qiymatlari faollangan Angren kaolini (AFK)da 6,7 va AFMK da 6,9ga teng ekanligi isbotlangan. Kraxmal bilan modifikatsiyalangan кaolin yordamida oqova suvlardan Cr(VI) ionlarini adsorbsiyalanishini termodinamik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Cr(VI) ionlarining kraxmalli kaolinlarga adsorbsiyalanishi bo‘yicha adsorbsion faollik qatori AFK > AFMK tarzida baholandi. KL qiymatlari asosida hisoblanganda, AFK va AFMK kaoliniga 313K da Cr(VI) ionlarining adsorbsiyalanishi bo‘yicha ∆G° qiymatlari mos ravishda − 1,684 kJ/mol va − 2,075 kJ/mol ga teng bo‘ldi. ∆G° ning manfiy qiymati adsorbsiyalanish jarayonining o‘z-o‘zicha borishini ko‘rsatadi. Adsorbsiyaning ∆H° qiymatlari mos ravishda 3,335 kJ/mol va 3,599 kJ/mol bo‘lib, jarayon endotermik ekanligini tasdiqlaydi. ∆S° qiymatlari 0,016 kJ/mol·K (AFK uchun) va 0,018 kJ/mol·K (AFMK uchun) ga teng bo‘lib, qattiq-suyuq fazalar chegarasida mavjud tartibsizlik darajasini ortishini bildiradi. Adsorbsiyalanish mexanizmi murakkab fizik-kimyoviy jarayon sifatida, ya’ni, ion almashinuvi kompleks hosil bo‘lishi va g‘ovaklarga adsorbat molekulalarini elektrostatik tortilishi orqali kechishi bilan izohlangan. AFK va AFMK adsorbentlari olingan natijalarga asoslangan holda oqova suvlarni Cr(VI) ionlaridan tozalash uchun istiqbolli adsorbentlar sifatida tavsiya qilinadi.References
1. Muminov S.Z., Khandamov D.A., Rakhimova G.B. The equilibrium benzene vapor adsorption on alkylammonium montmorillonites. Colloid Journal. 2015. №77. P.668–671.
2. Kanogwan T., Lupong K., Asadullaha. Enhancement of Adsorption Efficiency of Heavy Metal Cu(II) and Rux (II)onto Cationic Surfactant Modified Bentonite. Journal of Environmental Chemical Engineering Volume 6, Issue 2 April 2018, Pages 2821-2828. https://doi.org/10.1016/j.jece.2018.04.030
3. Турсунова Д.Э. Адсорбция активных красителей из сточных вод органоглиной / Молодой ученый. - 2014. - № 17 (76). - С. 29-31.
4. С.Гораи, А.К. Саркар, С. Пал, Быстрое адсорбционное удаление токсичных ионов Pb2+ из водного раствора с использованием пригодного к вторичной переработке биоразлагаемого нанокомпозита, полученного из темплата, частично гидролизованной ксантановой камеди и нанокремнезема, Биоресурс. Технол. 170 (2014) 578-582.
5. Graham Solomons TW (University of South Florida), Craig B. Fryhle (Pacific Lutheran University), Scott A. Snyder (Columbia University). Organic Chemistry., 2013., - P.1255.
6. Jaroniec, M., & Madey, R. (1989). "The use of the Dubinin-Radushkevich model in the analysis of adsorption data." Surface Science Reports, 10(3), 1-36.
7. Муминов С.З., Хандамов Д.А. Адсорбция паров метанола на натриевом и метиламмониевом монтмориллонитах в изотерических условиях // Узбекиский химический журнал -2010-№1-С.8-11.
8. Gouider, M., Feki, M., & Majdoub, H. (2018). Iron contamination in drinking water and its treatment methods. Environmental Technology, 40(13), 1645–1657.