Abstract
Mazkur tadqiqotda moychechak (Matricaria chamomilla L.) va undirilgan bug‘doy asosida turli nisbatlarda tayyorlangan ekstraktlarning antiradikal faolligi DPPH (2,2-difenil-1-pikrilgidrazil) spektrofotometrik usuli yordamida o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘simlik komponentlarining turli nisbatlarda kombinatsiyalanishi natijasida, hosil bo‘ladigan ekstraktlarning erkin radikallarni neytrallash qobiliyatini qiyosiy baholashdan iborat. Tajribada moychechak va undirilgan bug‘doyning 50:50, 75:25 va 25:75 nisbatlaridagi aralashmalari asosida suvli va etanolli ekstraktlari tayyorlandi. Ekstraksiya ultratovushli vannada amalga oshirilib, olingan namunalar membranali filtr orqali tozalandi. Antiradikal faollik 517 nm to‘lqin uzunligida UV-Vis spektrofotometrik usulda aniqlanib, DPPH radikalining ingibitsiyalanish darajasi orqali baholandi.References
1. Blois M.S. Antioxidant determinations by the use of a stable free radical // Nature. – 1958. – Vol. 181. – P. 1199–1200.
2. Brand-Williams W., Cuvelier M.E., Berset C. Use of a free radical method to evaluate antioxidant activity // LWT – Food Science and Technology. – 1995. – Vol. 28, No. 1. – P. 25–30.
3. Prior R.L., Wu X., Schaich K. Standardized methods for the determination of antioxidant capacity and phenolics in foods and dietary supplements // Journal of Agricultural and Food Chemistry. – 2005. – Vol. 53, No. 10. – P. 4290–4302.
4. Apak R., Gorinstein S., Böhm V. et al. Methods of measurement and evaluation of natural antioxidant capacity/activity // Pure and Applied Chemistry. – 2013. – Vol. 85, No. 5. – P. 957–998.
5. Shahidi F., Ambigaipalan P. Phenolics and polyphenolics in foods, beverages and spices: Antioxidant activity and health effects // Journal of Functional Foods. – 2015. – Vol. 18. – P. 820–897.
6. Dorman H.J.D., Hiltunen R. Antioxidant and antimicrobial activity of aqueous extracts from selected Lamiaceae herbs // Food Chemistry. – 2004. – Vol. 87, No. 2. – P. 255–260.
7. Sies H. Oxidative stress: a concept in redox biology and medicine // Redox Biology. – 2015. – Vol. 4. – P. 180–183.
8. Плотникова Т.А. Лекарственные растения: химический состав и применение. – Москва: Медицина, 2018.
9. Харченко Н.Н. Биологически активные вещества растительного происхождения. – Москва: Наука, 2020.
10. O‘zbekiston Respublikasi Farmakopeyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi