ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA AN’ANAVIYLIK VA TARAQQIYOT MASALALARI
PDF

Keywords

Abdurauf Fitrat
“Munozara”
jadidchilik
an’anaviylik
taraqqiyot
islom
ilm-ma’rifat
ta’lim islohoti
jadid maktablari
Turkiston.

How to Cite

ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA AN’ANAVIYLIK VA TARAQQIYOT MASALALARI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(10), 1236-1241. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i10.180

Abstract

Mazkur maqolada Abdurauf Fitratning “Munozara” asarida an’anaviylik va taraqqiyot masalalarining tarixiy, ijtimoiy, diniy va ma’rifiy jihatlari keng tahlil etilgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston, xususan, Buxoro amirligida yuzaga kelgan ijtimoiy-ma’naviy muammolar, ta’lim tizimidagi kamchiliklar, diniy xurofotlar, jaholat va savodsizlikning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri yoritilgan. Fitratning mazkur asar orqali eski ta’lim tizimi, ayrim ulamolarning faoliyati, diniy mansablarning suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan bildirgan tanqidiy qarashlari ochib berilgan. Shuningdek, muallifning islom dinini uning asl mohiyati asosida anglash, Qur’oni karim va hadislar mazmunini to‘g‘ri talqin qilish, diniy hamda dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirishga doir fikrlari tahlil qilingan. Maqolada ayollar ta’limi, yosh avlodni tarbiyalash, ilm-fanni rivojlantirish va ta’lim jarayonini zamon talablariga muvofiq tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jadid maktablarining tashkil etilishi, ularda zamonaviy fanlarning o‘qitilishi hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati Fitrat qarashlari asosida yoritilgan. Bundan tashqari, asarda an’anaviy diniy qarashlar bilan yangilanish g‘oyalari o‘rtasidagi munosabat, jamiyat taraqqiyotida ilm-ma’rifat, ijtimoiy faollik va milliy birlikning o‘rni ochib berilgan. Fitratning ma’rifatparvarlik faoliyati va islohotchilik g‘oyalari orqali musulmon jamiyatini jaholatdan xalos etish, milliy taraqqiyotga erishish hamda diniy qadriyatlarni zamonaviy hayot talablari bilan uyg‘unlashtirishga intilishi asoslangan.
PDF

References

1. Abdurauf Fitrat. Munozara// Tanlangan asarlar, 1-jild. Toshkent, 2000.

2. Abdurashidov Z. Turkistonda jadidchilik.-Toshkent, 2023.

3. Abdurashidov Z. Fitratning ma’rifiy-axloqiy qarashlari haqida. Oltin bitiklar-Golden Scripts, 3-jild, 3-son, 2021.

4. Boltaboyev H. Fitrat va jadidchilik. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti.-Toshkent, 2007.

5. Boltaboyev H. Abdurauf Fitrat. Jadid adabiyoti namoyondalari. “Zabarjad Media”, 2024.