BADIIY MATNLARDA HUMAN / INSON KONSEPTINING SEMANTIK VA LINGVOKOGNITIV VOQELANISHI
PDF

Keywords

HUMAN / INSON
konsept
nominativ birlik
semantika
lingvokognitiv tahlil
badiiy diskurs
“Jane Eyre”
“Kecha va kunduz”
lingvomadaniyat.

How to Cite

BADIIY MATNLARDA HUMAN / INSON KONSEPTINING SEMANTIK VA LINGVOKOGNITIV VOQELANISHI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(10), 1157-1165. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i10.168

Abstract

Mazkur maqolada HUMAN / INSON konseptining ingliz va o‘zbek badiiy diskursidagi semantik hamda lingvokognitiv xususiyatlari qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot materiali sifatida Charlotte Brontëning “Jane Eyre” va Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanlari tanlandi. Tadqiqotning maqsadi inson konseptini ifodalovchi nominativ birliklarni aniqlash, ularning semantik komponentlarini tavsiflash va ikki tildagi badiiy tasvirda umumiy hamda milliy-madaniy xususiyatlarni ochib berishdan iborat. Leksik- semantik, komponent, kontekstual, qiyosiy va lingvokognitiv tahlil metodlari qo‘llanildi. Tahlil natijalari konsept biologik, individual, ijtimoiy, emotsional, aksiologik va madaniy qatlamlardan tashkil topgan ko‘p komponentli tuzilma ekanini ko‘rsatdi. “Jane Eyre” romanida girl, pupil, friend, teacher va governess kabi birliklar yosh, ijtimoiy rol va shaxslararo munosabatlarni ifodalasa, “Kecha va kunduz” romanida inson, odam, kishi, shaxs, banda va bashar birliklari ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy hamda diniy mazmunlarni faollashtiradi. Qiyoslash ingliz matnida individuallik va mustaqillik, o‘zbek matnida esa ma’naviyat, ijtimoiy munosabat va axloqiylik bilan bog‘liq semantik qatlamlar ko‘proq ko‘zga tashlanishini ko‘rsatdi. Natijalar badiiy matnni lingvokognitiv tahlil qilishda hamda qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik mashg‘ulotlarida foydalanilishi mumkin.
PDF

References

1. Brontë C. Jane Eyre. – London: Smith, Elder and Company, 1847.

2. Cho‘lpon A. Kecha va kunduz. – Toshkent: Ilm-ziyo-zakovat, 2019.

3. Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013.

4. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008.

5. Ashurova D.U., Galieva M.R. Kognitiv tilshunoslik. – Toshkent: Vneshinvestprom, 2019.

6. Shahobiddinova Sh. O‘zbek tilida inson sferasi sotsiomorfizmlarining lisoniy va kognitiv tahlili. – Toshkent: Fan, 2021.

7. Golechkova T. Lexical Representation of Knowledge about a Human Being in English // Journal of Language and Education. – 2015. – Vol. 1. – No. 3. – P. 33–38.

8. Kubryakova E.S., Demyankov V.Z., Pankrats Yu.G., Luzina L.G. Kratkiy slovar kognitivnykh terminov. – Moskva: Filologicheskiy fakultet MGU, 1996.

9. Langacker R.W. Cognitive Grammar: A Basic Introduction. – Oxford: Oxford University Press, 2008.

10. Wierzbicka A. Understanding Cultures through Their Key Words: English, Russian, Polish, German, and Japanese. – New York: Oxford University Press, 1997.

11. Azizova N.E. Somatic Phraseologisms as a Reflection of Human Conceptual and Cognitive Structure // European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. 2026. Vol. 1. 34–37. DOI: https://doi.org/10.55640/eijmrms-06-01-08.

12. Azizova N.E. A Cross-Cultural Linguistic Study of the “Human” Concept amid National and Global Value Transformations // Universal Journal of Law, Finance and Applied Sciences. – 2026. – Vol. 4, Issue 33. – P. 50–53.

13. Azizova N.E. Insonning tashqi ko‘rinishini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvomadaniy va lingvokognitiv tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida). – Dissertatsiya. – Toshkent, 2025. – 154 b.