Abstract
Mazkur maqolada akademik diskurs tushunchasi, uning lingvistik xususiyatlari hamda zamonaviy ilmiy muloqotda sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’siri bilan sodir bo’layotgan o’zgarishlar tahlil qilinadi. Akademik diskurs ilmiy bilimni yaratish, uzatish va ommalashtirish jarayonida muhim omil hisoblanadi. Shu sababli uning tuzilish, leksik-grammatik va pragmatik xususiyatlarini o’rganish zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yo’nalishlaridan biriga aylandi. Sun’iy intellekt asosida yaratilgan matnlarning ko’payishi akademik diskursning an’anaviy me’yorlari, mualliflik tushunchasi, stilistik xususiyatlari va akademik halollik masalalarini qayta ko’rib chiqishni talab etmoqda. Shu bois maqolada sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan akademik matnlar an’anaviy akademik matnlar bilan qiyosiy jihatdan yoritiladi.References
1. Van Dijk T. A. Discourse and Context: A Sociocognitive Approach. – Cambridge: Cambridge University Press, 2008. – 267 p.
2. Hyland K. Academic Discourse: English in a Global Context. – London: Continuum, 2009.
3. Herbold S., Hautli-Janisz A., Heuer U., Kikteva Z., Trautsch A. A large-scale comparison of human-written versus ChatGPT-generated essays; Scientific Reports. – 2023. – Vol. 13.
4. Desaire H., Chua A. E., Isom M., Jarosova R., Hua D. Distinguishing academic science writing from humans or ChatGPT with over 99% accuracy using off-the-shelf machine learning tools.
5. Yusufjonova Sh. Ilmiy maqola: Frazeologik birliklarning ayrim xususiyatlari; NamDU ilmiy axborotnomasi. – Namangan, 2020.