Abstract
Mazkur maqolada raqamli kommunikatsiya muhitida o‘zbek tilining lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda internet va ijtimoiy tarmoq muloqotiga xos qisqalik, kontekstga bog‘liqlik, nutq aktlari, xushmuomalalik strategiyalari, modal va diskursiv markerlar, emotikon hamda grafik vositalarning pragmatik vazifasi yoritiladi. Ish nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, kompyuter vositasidagi diskurs tahlili, pragmalingvistik, kontekstual-semantik va tavsifiy usullardan foydalanildi. Tahlil raqamli muloqotda o‘zbek tilining me’yoriy yozma shakli bilan og‘zaki-so‘zlashuv xususiyatlari bir makonda qo‘shilib kelishini ko‘rsatadi. Murojaat birliklari, iltimos va taklif shakllari, yuklamalar, modal so‘zlar, qisqartmalar, kod almashinuvi, emoji va tinish belgilarining takroriy qo‘llanishi kommunikativ maqsadni aniqlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tezkor yozish, lotin-kiril aralashuvi va begona til birliklarining nazoratsiz kirib kelishi mazmuniy noaniqlik hamda uslubiy notekislikka sabab bo‘lishi mumkin. Natijalar raqamli o‘zbek nutqini faqat imlo nuqtai nazaridan emas, balki kontekst, munosabat, auditoriya va platforma imkoniyatlari bilan birga o‘rganish zarurligini asoslaydi.References
1. Abjalova M. Tahrir va tahlil dasturlarining lingvistik modullari: monografiya. – Toshkent: Nodirabegim, 2020. – 176 b.
2. Brown P., Levinson S. C. Politeness: Some Universals in Language Usage. – Cambridge: Cambridge University Press, 1987. – 345 p.
3. Crystal D. Language and the Internet. 2nd ed. – Cambridge: Cambridge University Press, 2006. – 304 p.
4. Grice H. P. Logic and conversation // Syntax and Semantics. Vol. 3: Speech Acts / eds. P. Cole, J. L. Morgan. – New York: Academic Press, 1975. – P. 41–58.
5. Hakimov M. O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – 178 b.
6. Herring S. C. Computer-mediated discourse analysis: An approach to researching online behavior // Designing for Virtual Communities in the Service of Learning / eds. S. A. Barab, R. Kling, J. H. Gray. – New York: Cambridge University Press, 2004. – P. 338–376.
7. Herring S. C., Stein D., Virtanen T. (eds.). Pragmatics of Computer-Mediated Communication. – Berlin/Boston: De Gruyter Mouton, 2013. – 758 p.
8. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: Ta’lim, 2008. – 320 b.
9. Searle J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 1969. – 203 p.
10. Tagg C. Exploring Digital Communication: Language in Action. – London; New York: Routledge, 2015. – 292 p.
11. Toshtemirov F. Sh. Internet diskursining lingvistik o‘ziga xos xususiyatlari // Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar. – 2026. – Vol. 3, No. 5.
12. Yus F. Cyberpragmatics: Internet-Mediated Communication in Context. – Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins, 2011. – 353 p. – DOI: 10.1075/pbns.213.