AYOLLARDA IMPULSIV XATTI-HARAKATLARNING OLDINI OLISHDA DINIY QADRIYATLAR VA O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
PDF

Keywords

ayol
impulsiv xatti-harakat
o‘z-o‘zini nazorat qilish
diniy qadriyatlar
nafs tarbiyasi
sabr
iroda
emotsional boshqaruv
xulq-atvor
psixologik profilaktika.

How to Cite

AYOLLARDA IMPULSIV XATTI-HARAKATLARNING OLDINI OLISHDA DINIY QADRIYATLAR VA O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(09), 1104-1111. https://doi.org/10.70728/c.series.psi.v08.i09.005

Abstract

Mazkur maqolada ayollarda impulsiv xatti-harakatlarning yuzaga kelishi va ularning oldini olishda o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda diniy qadriyatlarning psixologik ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Impulsiv xatti-harakat shaxsning vaziyatni yetarlicha tahlil qilmasdan, oqibatlarini oldindan baholamasdan yoki emotsional ta’sir ostida tezkor harakat qilishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotda o‘z-o‘zini nazorat qilish shaxsning hissiyotlari, ehtiyojlari, motivlari va xatti-harakatlarini maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beruvchi muhim psixologik mexanizm sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy qadriyatlarning sabr, mas’uliyat, halollik, nafsni tiyish, o‘zini kuzatish va oqibatni anglash kabi jihatlari impulsiv xatti-harakatlarni cheklash bilan bog‘liq psixologik jarayonlar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. O‘zbek olimlari E.G‘. G‘oziyev, Z.T. Nishanova, N.G. Kamilova, B.M. Umarov hamda din psixologiyasi va ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar qarashlari tahlilga jalb etiladi. Maqolada diniy qadriyatlarning psixologik profilaktika va korreksiya jarayonlarida qo‘llanish imkoniyatlari hamda bunday yondashuvda ilmiy-psixologik va diniy mazmunni farqlash zarurligi asoslab beriladi.
PDF

References

1. Abu Homid G‘azzoliy. (2006). Riyozatun-nafs (Nafs tarbiyasi) (R. Zohid, Trans.). Movarounnahr.

2. Bandura, A. (1986). Social foundations of thought and action: A Social cognitive theory. Prentice-Hall.

3. G‘oziyev E. G‘. (2011). Psixologiya. O‘qituvchi.

4. G‘oziyev E. G‘. (2002). Umumiy psixologiya. Universitet.

5. Камилова, Н. Г. (2000). Особенности самооценки подростков с девиантным поведениям [Кандидатская диссертация, Национальный университет Узбекистана]

6. Nishanova, Z. T. (2019). Psixologik xizmat. Psixokorreksiya. Ijod-press.

7. Umarov, B. M. (2008). O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari. Fan.