Abstract
Maqolada oilasida zo‘ravonlik holatlari kuzatiladigan bolalarning psixologik moslashuvi, emotsional holati va xulq-atvor reaksiyalari empirik tadqiqot natijalari asosida tahlil qilindi. Shuningdek, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent hududlarida oilaviy psixologik muhitning emotsional yaqinlik, qo‘llab-quvvatlash, nizo darajasi, mustaqillik va qoidalar ustunligi kabi ko‘rsatkichlari Kraskel-Uollis H-mezoni orqali qiyoslandi. Natijalar ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichi 68,7%, umumiy moslashuv indeksi 63,1%, xulq-atvor reaksiyasi 59,6% va emotsional travma 54,2% ekanini ko‘rsatdi. Hududlar kesimida emotsional yaqinlik, qo‘llab-quvvatlash, nizo darajasi, mustaqillik va qoidalar ustunligi bo‘yicha statistik jihatdan ahamiyatli farqlar aniqlandi. K.N. Tomas metodikasi bo‘yicha ota-onalarning nizoli vaziyatlardagi xulq strategiyalarida esa hududlararo statistik farq qayd etilmadi. Olingan natijalar bolalarni psixologik qo‘llab-quvvatlashda oilaviy muhit va hududiy omillarni kompleks hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.References
1. Akramova F.A. “Oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratishning ijtimoiy- psixologik asoslari”. O‘quv qo‘llanma. T., 2014.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019.
3. Кекелидзе, И.Критические состояния в психиатрии. - М., 1992. -360 с.
4. Клинические разборы в психиатрической практике / Под ред. Проф. А.Г. Гофмана. - М.: МЕДпресс - информ, 2006. - 704 с.
5. Морозов В.М. Избранные труды. - М.: Медиа медика, 2007. - 292 с.
6. Tadqiqot natijalari: «Oilasida zo‘ravonliklar sodir bo‘ladigan bolalarni psixologik baholash» IPS ijtimoiy-psixologik so‘rovnomasi, oilaviy muhitning hududiy ko‘rsatkichlari hamda K.N. Tomas metodikasi bo‘yicha empirik materiallar. Qo‘lyozma. 6 b.