Abstract
Ushbu maqolada sun'iy intellekt (SI) asosidagi assistiv texnologiyalarning ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan oliy ta'lim talabalarining mustaqil ta'lim olish jarayonidagi o'rni tahlil qilinadi. So'nggi yillarda ovozli yordamchilar va katta til modellariga asoslangan sun'iy intellekt vositalari jadal rivojlanmoqda, biroq ularning oliy ta'lim jarayoniga pedagogik jihatdan integratsiya qilinishi masalasi O'zbekiston fanida yetarlicha o'rganilmagan. Maqolada xorijiy ilmiy adabiyotlar tahlili bilan bir qatorda, muallifning shaxsiy amaliy kuzatuvlariga asoslangan tahlil taqdim etiladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, assistiv SI vositalari talabalarning matn bilan ishlash, muloqot va mustaqil harakatlanish borasidagi imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, biroq o'zbek va rus tilidagi matnlarni tanib olishdagi cheklovlar ularning ta'lim jarayonida to'liq samarali qo'llanilishiga to'sqinlik qilmoqda. Maqola yakunida oliy ta'lim muassasalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.References
1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi O'RQ-641-son Qonuni. – www.lex.uz.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "Oliy ta'limni 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni. – www.lex.uz.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son Qarori. – www.lex.uz.
4. Manirajee L. et al. Assistive Technology for Visually Impaired Individuals: A Systematic Literature Review (SLR) // International Journal of Academic Research in Business and Social Sciences. – 2024. – Vol. 14, No. 2.
5. Alimovic S. Benefits and challenges of using assistive technology in the education and rehabilitation of individuals with visual impairments // Disability and Rehabilitation: Assistive Technology. – 2024. – Vol. 19, No. 4. – P. 1–8. DOI: 10.1080/17483107.2024.2344802.
6. Exploring the use of assistive technology in special education: Issues and trends for student visual impairments: A systematic literature review // Assistive Technology. – 2026. – Vol. 38, No. 4. DOI: 10.1080/10400435.2026.2636752.
7. Assistive Technology Classification for Students with Disabilities in Higher Education: A Systematic Literature Review // ResearchGate, 2025.
8. World Blind Union. Inclusive Education for Learners with Visual Impairment. – 2019.
9. UNESCO. Global Education Monitoring Report: Inclusion and Education. – Paris, 2020.
10. Abidova N.Z. Maxsus psixologiya (Tiflopsixologiya). – T.: Baraka fayz media, 2017.
11. Pulatova P.M. Maxsus pedagogika. – T.: Fan va texnologiya, 2014.
12. Muminova L.R. Maxsus psixologiya. – T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2013.
