Abstract
Maqolada dual ta’lim sharoitida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-pedagogik mexanizmlar tahlil qilingan. Tadqiqotning empirik asosini – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishida dual ta’limni tashkil etish amaliyoti tashkil etadi. Tadqiqotda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, keys-tadqiqot, pedagogik kuzatuv va amaliy tajribani umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining institutsional, tashkiliy va pedagogik darajalari aniqlashtirildi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiy texnologik sikliga asoslangan dual ta’lim modeli taklif etildi. OTM, korxona, professor-o‘qituvchi, ishlab chiqarish ustozi va talaba o‘rtasidagi funksional hamkorlikning mazmuni asoslandi. Dual ta’lim samaradorligini baholash uchun kasbiy kompetensiyalar, nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlarga ko‘chirish, mustaqil texnik qaror qabul qilish, diagnostika, servis va ta’mirlash ko‘nikmalari hamda ish beruvchi bahosini qamrab olgan mezonlar tizimi shakllantirildi.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 yanvardagi 14-son «Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-son «Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 apreldagi PQ-135-son «Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori.
4. Mordhorst L., Jenert T. Curricular integration of academic and vocational education: a theory-based empirical typology of dual study programmes in Germany // Higher Education. – 2023. – Vol. 85. – P. 1257–1279. DOI: 10.1007/s10734-022-00889-7.
5. Borah D.J., Malik K., Massini S. Teaching-focused university–industry collaborations: Determinants and impact on graduates’ employability competencies // Research Policy. – 2021. – Vol. 50, No. 3. – Article 104172. DOI: 10.1016/j.respol.2020.104172.
6. Doherty O., Stephens S. The cultural web, higher education and work-based learning // Industry and Higher Education. – 2020. – Vol. 34, No. 5. – P. 330–341. DOI: 10.1177/0950422219879614.
7. Mandal N.K., Edwards F.R. Student work readiness in Australian engineering workplaces through work integrated learning // Higher Education, Skills and Work-Based Learning. – 2022. – Vol. 12, No. 1. – P. 145–161. DOI: 10.1108/HESWBL-02-2021-0025.
8. Scandurra R., Kelly D., Fusaro S., Cefalo R., Hermannsson K. Do employability programmes in higher education improve skills and labour market outcomes? A systematic review of academic literature // Studies in Higher Education. – 2024. – Vol. 49, No. 8. – P. 1381–1396. DOI: 10.1080/03075079.2023.2265425.
9. Björck V. Taking issue with how the Work-integrated Learning discourse ascribes a dualistic meaning to graduate employability // Higher Education. – 2021. – Vol. 82. – P. 307– 322. DOI: 10.1007/s10734-020-00650-y.