Abstract
Maqolada boʻlajak oʻqituvchilarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tizimli tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi oliy taʼlimning jadal kengayishi, taʼlim natijalarini kompetensiyalar tilida ifodalashga oʻtish hamda amaliyotda kommunikativ kompetentlikning tasodifiy, "yon mahsulot" tarzida shakllanayotgani oʻrtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Tadqiqot maqsadi — tushunchaning ilmiy-nazariy mohiyatini, tarixiy evolyutsiyasini va tarkibiy tuzilmasini ochib berish hamda uni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tizimlashtirishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-pedagogik tahlil, tizimli-strukturaviy tahlil va nazariy umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan, 100 dan ortiq xorijiy, MDH va milliy manba tahlilga tortilgan. Natijada boʻlajak oʻqituvchi kommunikativ kompetentligining subʼyekt-subʼyekt paradigmasiga asoslangan besh komponentli — motivatsion-qadriyatli, kognitiv-lingvistik, operatsional-texnologik, interaktiv-ijtimoiy va refleksiv-regulyativ — tarkibiy modeli asoslab berildi, u 5 mezon va 15 koʻrsatkichdan iborat kriterial-diagnostik apparat bilan bogʻlandi. Zamonaviy yondashuvlar uch guruhga (metodologik, pedagogik-texnologik, baholovchi- refleksiv) tasniflandi va milliy taʼlim kontekstiga moslashtirish yoʻllari koʻrsatildi. Natijalar oliy pedagogik taʼlim muassasalarida "Pedagogik kommunikatsiya asoslari" maxsus kursi va monitoring tizimini ishlab chiqishda qoʻllanilishi mumkin.References
1. Aldrup, K., Carstensen, B., & Klusmann, U. (2022). Is empathy the key to effective teaching? A systematic review of its association with teacher-student interactions and student outcomes. Educational Psychology Review, 1177–1216. https://doi.org/10.1007/s10648-021-09649-y
2. Aliqulov, (n.d.). Multimedia texnologiyalari vositasida boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy-kommunikativ kompetentligini shakllantirish.
3. Ardovskaya, R. V. (n.d.). "Kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarining oʻzaro nisbati.
4. Aripjanova, M. A. (n.d.). Kasbiy taʼlim oʻquvchilarining kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirish.
5. Ashurov, A. A. (n.d.). Boʻlajak oʻqituvchilarda kommunikativ kompetentlikning ilmiy- nazariy mohiyati va tarkibiy tuzilmasi.
6. Bakker, A. va boshqalar. (n.d.). Effect sizes in education: Beyond thresholds and simplification.
7. Blömeke, S., Gustafsson, J.-E., & Shavelson, R. J. (2015). Beyond dichotomies: Competence viewed as a continuum. Zeitschrift für Psychologie, 223(1), 3–13. https://doi.org/10.1027/2151-2604/a000194
8. Canale, M. (1983). From communicative competence to communicative language pedagogy. In J. C. Richards & R. W. Schmidt (Eds.), Language and communication (pp. 2– 27). Longman.
9. Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches to second language teaching testing. Applied Linguistics, 1–47. https://doi.org/10.1093/applin/I.1.1
10. Chernikova, O. va boshqalar. (n.d.). Simulation-based learning in higher education: A meta-analysis.
11. Chomsky, N. (1965). Aspects of the theory of syntax. MIT Press.
12. Council of Europe. (2020). Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching, assessment – Companion volume. Council of Europe Publishing.
13. Dondokova, R. P. (n.d.). Boʻlajak mutaxassisning kommunikativ kompetentligi tarkibiy komponentlari.
14. Hattie, J., & Timperley, H. (2007). The power of feedback. Review of Educational Research, 77(1), 81–112. https://doi.org/10.3102/003465430298487
15. Howe, C., Hennessy, S., & Mercer, N. va boshqalar. (n.d.). Teacher-student dialogue during classroom teaching.
16. Hymes, D. (1972). On communicative competence. In J. B. Pride & J. Holmes (Eds.), Sociolinguistics: Selected readings (pp. 269–293). Penguin Books.
17. Isanova, Z. Sh. (n.d.). Filologiya talabalarining plurilingval kompetensiyasini rivojlantirish.
18. Ismailova, M. B. (n.d.). B2 darajadagi talabalarning strategik kompetensiyasini shakllantirish.
19. Korpershoek, H., Harms, T., de Boer, H., van Kuijk, M., & Doolaard, S. (2016). A meta-analysis of the effects of classroom management strategies and classroom management programs on students' academic, behavioral, emotional, and motivational outcomes. Review of Educational Research, 86(3), 643–680. https://doi.org/10.3102/0034654315626799
20. Mixaylova, V. Ye., & Parts, O. S. (n.d.). Talabalarning onlayn va oflayn muloqotini uygʻunlashtirishning oʻquv motivatsiyasiga taʼsiri.
21. Nazarova, N. B. va boshqalar. (n.d.). "Multicultural education ceiling": English language teachers' understanding of multicultural education in Uzbekistan.
22. Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim toʻgʻrisidagi qonuni, OʻRQ-637-son (2020, 23- sentyabr). Lex.uz. https://lex.uz
23. Oʻzbekiston Respublikasining Pedagogning maqomi toʻgʻrisidagi qonuni, OʻRQ-901- son (2024). Lex.uz. https://lex.uz
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisidagi farmoni, PF-5847-son (2019, 8-oktabr). Lex.uz. https://lex.uz
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi toʻgʻrisidagi farmoni, PF-158-son (2023, 11-sentyabr). Lex.uz. https://lex.uz
